Savol |
Qaysi so'z arab tilida «gap-so'z» ma'nosini anglatadi? |
Hadis ilmi bilan shu'gullanuvchi olimni kim deb ataymiz? |
Qaysi so'z arab tilida «tariqat - ma'naviy yo'l» ma'nosini anglatadi? |
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayot yo'llari, tavallud topganlaridan boshlab, to Robbilari dargohiga yetgunlaricha bo'lgan tarjimai hollari butun tafsilotlar bilan qilingan rivoyat to'plami nima deyiladi? |
Qur'oni Karimning birinchi va bosh tafsirchisi kim bo'lgan? |
Qur'oni Karimdan so'ng turuvchi ikkinchi masdar qaysi? |
Qaysi xalifa davrida sahobalarga Madinai Munavvaradan ko'chib ketishga ruxsat berilmas edi? Shu sababli hadis o'rganmoqchi bo'lganlar o'zlari kelishar edi. |
Qaysi halifa vaqtida Qur'oni Karimni mushaflarga yozib, ulardan rasmiy nusxalar ko'chirish ham ilmiy asosda yo'lga qo'yilgan? |
Bu so'z arab tilida "suyanchi" ma'nosini anglatadi. Muhaddislar istilohida esa hadis matniga olib boruvchi suyanchiq yo'lga aytiladi. Bu qaysi so'z? |
Qaysi xalifa davrida hadislar rasmiy ravishda yozilib, hujjat shakliga keltirilgan? |
«Mustalahul-hadis» ilmida kitob yozgan birichi uloma kim? |
Ulamolar sahobai kiromlarni necha tabaqaga bo'lib o'rganishgan? |
Ikkita «Sahih» va to'rtta «Sunan» qo'shilib nima hosil bo'lgan? |
Imom Buxoriy va Imom Termiziylarning kitoblari qanday kitob hisoblanadi? |
Aqiyda, ahkom, zuhd, yemoq ichmoq odobi, tafsir va tarix, shamoil, fitnalar, fazilatlar kabi boblarni o'z ichiga olgan kitob qanday nomlanadi? |
Har bir sahobiy alifbo bo'yicha yoki Islomga kirish navbati bo'yicha olinib, u zotning rivoyat qilgan hadislari birin-ketin keltirilgan kitob qanday nomlanadi? |
Biror muhaddis o'z shartlari bo'yicha mavjud hadislarni kitob shakliga qo'shmay ketgan bo'lsa, o'sha hadislarni muhaddislar to'plab qanday kitobga keltirishgan? |
Qaysi so'z «nasx qiluvchi», «o'chiruvchi» ma'nosini anglatadi? |
Qaysi so'z «nasx qilingan», «ketkazilgan», «o'chirilgan» degan ma'noni anglatadi? |
Qaysi Imom «Qur'on - Maxluq» degan gap chiqqanda o'zlarining mislsiz jasoratlarini ko'rsatib bunga qarshi kurashgan? |
Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar qaysi mazhabda bo'lishgan? |
Bu hukm shariat tomonidan qilinishi jazm ila, shubhasi yo'q, qat'iy dalil bilan talab etiladigan narsadir. Bu ta'rif qaysi hukmga tegishli? |
Bu hukm shariat tomonidan qilinishi jazm ila qat'iy bo'lmagan dalil bilan talab qilinadigan narsadir. Bu ta'rif qaysi hukmga tegishli? |
Bu hukm shariat tomonidan jazm hamda shubhasiz, qat'iy dalil ila qilmaslik talab qilingan narsa. Bu ta'rif qaysi hukmga tegishli? |
Shariatimiz qilish yoki qilmaslikni insonlarning o'z ixtiyoriga qo'ygan ishlar nima deb ataladi? |
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo'lsa qaysi sahobani chaqirtirib, vahiyni yozdirar edilar? |
Ko'zi ochiz sahoba Abdulloh ibn Ummu Maktub roziyallohu anhu bilmasdan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam suhbatlariga halaqit berganda Nabiy alayhissalom yuzlarini burishtiradilar. Shu vaziyatda qaysi suraning dastlabki oyatlari nozil bo'lgan? |
Ali roziyallohu anhu: «Odamlarga bilgan narsalaringni gapiringlar. Yoki Alloh va uning Rasulini … qilishini istaysizlarmi?», deganlar. Tushirib qoldirilgan so'zni toping. |
Avvalgi ulamolarimiz: «Eng afzal kasb … dir. Jannatga birinchi shular kirishadi», deb qaysi kasb egalarini ta'riflashgan? |
Payg'ambrimiz sollallohu alayhi vasallam o'z zavjai mutohharalariga: «Mening ortimdan eng tez yetadiganingiz - qo'li uzuningiz», deganlar. U zot qo'li uzuningiz deb nimani nazarga tutganlar? |
Qur'oni Karimdan so'ng ulug'lanuvchi kitob qaysi va uning muallifi kim? |
Ulamolar «Kitob yozish uchun avvalo 3 narsa vojibdir», deydilar. Bular … , hamdu sano, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga salavotu duruddir. Tushirib qoldirilgan so'zni toping. |
Imom Buxoriy qachon tavallud topganlar? |
Imom Buxoriy qaysi shaharda tavallud topganlar? |
Imom Buxoriy jami nechta hadis to'plaganlar? |
Imom Buxoriy nechta sahih va nechta zaif hadislarni yod olganlar? |
Imom Buxoriy hadislarni to'plash uchun nechta kishi bilan ko'rishganlar? |
Imom Buxoriyning qaysi ustozi «Buxoriyning ko'kragidagi tuki bo'lishga rozi edim», deb aytgan? |
Qaysi buyuk muhaddis Imom Buxoriyning oldilariga kirganida: «Ijozat bersangiz oyog'ingizni o'psam», deganlar? |
Imom Buxoriy «Jome' Sahih» kitoblarini necha yilda yozib tugatganlar? |
Imom Buxoriy: «Ilmga boriladi, ilm hech qachon o'zi bormaydi» deb kimga qarata aytganlar? |
Imom Buxoriy qachon vafot etgalar? |
«Har bir yozgan kitobimni Abu Zar'a ar-Roziyga ko'rsatardim. Agar u zot «Mana bu hadis illatli» desalar, tark qildim, «Sahih», desalar, kitobimga kiritdim», deb qaysi buyuk muhaddis aytgan? |
Imom Muslim qachon tavallud topganlar? |
Imom Abu Dovud qachon tavallud topganlar? |
Imom Abu Dovud jami nechta hadis rivoyat qilganlar? |
Imom Abu Dovud jami nechta sahih hadisni «Sahih» kitoblariga kiritganlar? |
Imom Abu Dovud qachon va qayerda vafot etganlar? |
Imom Termiziy qachon va qayerda tavallud topganlar? |
Qaysi buyuk muhaddisning kunyalari «Abu Iyso» bo'lgan? |
Imom Termiziyning asl ismlari nima bo'lgan? |
Imom Nasoiy qachon tavallud topganlar? |
Imom Molik odamlarga hadis aytmoqchi bo'lsalar nima qilardilar? |
Qaysi muhaddis nasablari Ibrohim alayhissalomgacha borgan? |
Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy kitoblari nima deb nomlanadi? |
«Ikki shayx rivoyat qilgan» deyilsa qaysi muhaddislar rivoyat qilgan bo'ladi? |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ... hamrohligida Makka mushriklaridan berkinib, Savr g‘orida jon saqlaganlar. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring
«Hadis va hayot» 19-juz |
Qaysi Imom hijratning 202-yili Basrada tavaklud topganlar? |
Imom Buxoriy necha yoshligida Qur'oni Karimni to'liq yod oladilar? |
Imom Buxoriyning "Sahih" kitoblariga nechta sharh yozilgan? |
Imom al-Buxoriy |
ggfhfhfh |