!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Расулуллоҳ kitobidan barcha savollar

Savol
Paygʻambarimiz alayhissalom haqlarida: «Men uning chiqishini bilardim. Uning sizlardan ekanini oʻylamagan edim. Agar unga yetisha olganimda, u bilan uchrashishga urinar edim. Agar uning huzurida boʻlganimda, oyoqlarini yuvar edim. Uning saltanati oyoqlarim ostiga ham yetib keladi» degan podshoh kim?
Jubayr ibn Mutʼim roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining bir nechta ismlari borligini aytdilar va oʻsha ismlarning bir qanchasiga izoh ham berdilar. Qaysi ismning maʼnosida: «Mendan keyin birorta (paygʻambar) kelmaydi», dedilar?
Jubayr ibn Mutʼim roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining bir nechta ismlari borligini aytdilar va oʻsha ismlarning bir qanchasiga izoh ham berdilar. Qaysi ismning maʼnosida «Alloh oyoqlarim oldida odamlarni hashr etadi» dedilar?
Jubayr ibn Mutʼim roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining bir nechta ismlari borligini aytdilar va oʻsha ismlarning bir qanchasiga izoh ham berdilar. Qaysi ismning maʼnosida «Alloh men ila kufrni mahv etadi» dedilar?
Abu Muso Ashʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda u kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga oʻzlarini bir necha ismlar bilan nomlar edilar» deya Paygʻambarimiz alayhissalomning nechta ismlarini keltiradi?
«Johiliyatdagi paytimda: «Odamlar zalolatda, ular modomiki butlarga ibodat qilishar ekan, hech narsaga erisha olishmaydi» deb yurardim». Mazkur gaplarni kim aytgan?
Paygʻambarimiz alayhissalomga paygʻambarlik kelmasdan avval Hiro gʻorida oʻzlariga xos boʻlgan ibodat qilardilar. Oʻsha ibodatning nomi qanday edi?
Pagʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam risolatdan avval qayerda oʻzlariga xos ibodat qilganlar?
Oisha onamiz roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiydir deb nimani aytadilar?
Pagʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qayerda ekanliklarida U zotga vahiy kela boshylaydi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi oyatlar nozil boʻlganida qoʻrqib ketib uylariga qaytdilar va birinchi aytgan gaplari nima boʻldi?
Varaqa ibn Navfal ibn Asad ibn Abduluzzo Xadiyja onamizga kim boʻladi?
Xadiyja onamiz Paygʻambarimiz alayhissalomni huzuriga olib borgan Varaqa ibn Navfalning qanday kasalligi bor edi?
Oisha onamiz roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech kimni urmaganlarini aytadilar. Hech kimni soʻzidan keyin alohida izoh berib, aynan kimlar ekanligi aytganlar?»
Ato ibn Yasordan Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumo bilan koʻrishib qolganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaysi kitobda kelgan sifatlaridan aytib berishini soʻraydi?
Ato ibn Yasordan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo Rasululloh alayhissalomni qanday nom bilan nomlagani aytiladi?
Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hayolari haqida qanday qiyos ishlatilgan?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Baro ibn Ozib roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomni qanday rangli kiyimda koʻrganini aytadi?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning ranglari haqida nima degan?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning terlari haqida nima degan?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomni necha yoshda yuborganini aytadi?
Jobir ibn Samura roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari nimaga oʻxshatiladi?
Jobir ibn Samura roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soqollari rangi haqida nima deyiladi?
Saʼid Jaririy Abu Tufayl roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh alayhissalomning ranglari haqida nima deyilgan?
Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tana aʼzolaridan qaysi birida goʻsht ozligi aytiladi?
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tana aʼzolaridan qaysi birining sifati keltiriladi?
Muslim rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Anas roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning sochlari haqida nima degan?
Abu Dovud va Termiziy rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Ummu Xoneʼ roziyallohu anho Paygʻambarimiz alayhissalomning sochlari haqida nima degan?
Abu Dovud va Termiziy rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Ummu Xoneʼ roziyallohu anho Paygʻambarimiz alayhissalomning qaerga kelganini aytadilar?
Termiziy rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Horis ibn Jazʼi roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi xislatlari haqida gapirgan?
Anas ibn Molik roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazil qilib kuldirgan ukalarining ismi nima edi?
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan Abu Dovud va Termiziy rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday ibora bilan mutoyiba qilganlari aytiladi?
Oisha roziyallohu anhodan Termiziy rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday ibora bilan mutoyiba qilganlari aytiladi?
Muslim rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalomga sahobiylardan biri Umayya ibn Abu Soltning sheʼrlaridan necha bayt oʻqib beradi?
Oisha roziyallohu anhodan Termiziy rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom kimning sheʼridan misol keltirgani aytiladi?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar Abu Hurayra roziyallohudan rivoyat qilgan hadisda anho Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlarida habashlar qaysi qurolni oʻynatishgani aytiladi?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar Abu Hurayra roziyallohudan rivoyat qilgan hadisda anho Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlarida habashlar qurol oʻynatayotgan edi. Qaysi sahoba birdan kirib kelib, ularga tosh ota boshlaydi?
Amradan rivoyat qilingan hadisda Oisha onamiz roziyallohu anho Paygʻambarimiz alayhissalomning qaysi sifatlari haqida gapiradilar?
Ibn Umar roziyallohu anhumodan Termiziy va Ibn Hibbon rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam salla oʻrasalar, uchini qaerga tushirgani aytiladi?
Abu Burda roziyallohu anhudan Muslim rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabzi ruh qilganlarida qanday kiyimda boʻlganlari aytiladi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruhlari qabz qilinganlarida ustlarida boʻlgan tananing kindikdan pastiga tutib olinadigan, tikilmagan kiyim nomi nima?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabzi ruh qilganlarida ustlarida boʻlgan turli qiyqim-parchalarni ulab qilingan kiyim nomi?
Mugʻiyra ibn Shuʼba roziyallohu anhudan Termiziy va Nasoiy rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom qayerdan keltirilgan choponni kiyganlari aytiladi?
Xotim nima?
Paygʻambarimiz alayhissalomning uzuklaridagi yozuv necha qator boʻlgan?
Paygʻambarimiz alayhissalomning uzuklarida qanday yozuv boʻlgan?
Osim Ahvaldan Buxoriy rahmatllohi alayh rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalomning kosalari qanday yogʻochdan qilingani aytiladi?
Osim Ahvaldan Buxoriy rahmatllohi alayh rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalomning kosalarining qanday halqasi borligi aytiladi?
Anas ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning kosasi halqasiini oʻzgartirmoqchi boʻlganda qaysi sahobiy »Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgan narsani hech oʻzgartirmaman« dedi?
Oisha onamiz roziyallohu anhoning aytishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam toʻshaklari nimadan edi?
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning … ikkita ilgʻichi bor edi». Nuqtalar oʻrnini toʻldiring
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning … sopi kumushdan edi»
Anas roziyallohu anhudan Buxoriy va Muslim rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam yaydoqligicha minib olgan otlarini sahobalar nimaga oʻxshatishgan edi?
Anas roziyallohu anhudan Muslim rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, bir odam qavmiga borib: «Ey qavmim, musulmon boʻlinglar! Allohga qasamki, Muhammad koʻp ato berar ekan. Faqirlikdan qoʻrqmas ekan» dedi. Unga Nabiy alayhissalom nima bergan edi?
Paygʻambarimiz alayhissalom, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhum bir ansoriy sahobaning uyiga ochlikni ketkazish uchun mehmonga boradilar. Mezbon bu ulugʻ mehmonlar sharafiga qanday jonliq soʻyadi?
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Oy oʻtib ketsa hamki, Oli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xonadonlarida olov yoqilmasdi, (yemagimiz) ... boʻlardi, xolos». Nuqtalar oʻrnini toʻldiring
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Oli Muhammad sollallohu alayhi vasallam to u zot qabz qilingunlaricha ... ikki kun ketma-ket toʻyishmagan». Nuqtalar oʻrnini toʻldiring
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ... yaxshi koʻrar edilar». Nuqtalar oʻrnini toʻldiring
Anas roziyallohu anhudan Buxoriy va Muslim rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, bir kishi taom tayyorlab Paygʻambarimiz alayhissalomni chorlaydi. Va U zotning oldiga arpa non va quritilgan goʻshtli, oshqovoqli shoʻrva qoʻyadi. Mazkur mezbonning kasbi nima edi?
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning lagan atrofidagi oshqovoqni terib yeyayotganlarini koʻrdim. Oʻsha kundan buyon oshqovoqni yaxshi koʻraman». Ushbu gapni aytgan sahobiy kim?
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ushbu kosamda turli ichimliklar: asal, nabiyz, suv va sut bilan siyladim», deb aytgan sahobiy kim?
Xurmo yoki mayizni suvga solib, ivitib tayyorlanadigan xushtaʼm, mast qilmaydigan ichimlik nomi?
Buxoriy va Muslim rohimahullohlar qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Jaʼfar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hoʻl xurmoni nima bilan tanovul qilayotganlarini koʻrganini aytgan?
Abu Dovud, Termiziy va Ibn Hibbon rohimahullohlar rivoyat qilgan hadisda Oisha roziyallohu anhodan Nabiy sollallohu alayhi vasallam hoʻl xurmoni nima bilan tanovul qilishlarini aytganlar?
«Buxoriy rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu Paygʻambarimiz alayhissalomning Madinada sovutlarini bir yahudiyga garovga berib, shunga ahllari uchun nima olganini aytadilar? »
Abu Juhayfa roziyallohu anhudan Buxoriy rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi holatda taom yemasliklarini aytganlar?
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzuriga bir kishi ukasidan shikoyat qilib keldi. Shunda U zot nima dedilar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazondan tashqari qaysi oyda toʻliq roʻza tutganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlari yoqtirmasliklari uchun sahobalar u zotga qilmagan ehtirom qaysi?
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tabarruk etib berishlari uchun Madinaning xizmatkorlari suvli idishlarini olib kelishlari aytilgan. Mana shu ish qaysi namozdan keyin boʻlar edi?
Paygʻambarimiz alayhissalom Madinada necha yil istiqomat qildilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kun qaysi?
Amr ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalomning vafot etganda nimalar qolgani aytiladi?
Paygʻambarimiz alayhissalomdan kimlarning ziddiga duo qilishlari haqida soʻralganda, U zot: «Men laʼnatlovchi qilib yuborilmaganman», dedilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rahmdillik faqatgina kimdan sugʻurib olinishini aytganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taolo rahmatni necha qismga ajratganini, undan bir qismini yerga nozil qilganini aytganlar?
Paygʻambarimiz alayhissalom muloyimlikdan mahrum boʻlgan kishi nimadan mahrum boʻladi, deb aytganlar?
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom nimani nishon qilmaslikka buyurganlar?
Muslim rohimahulloh rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sevintiringlar …», dedilar. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom qaysi yaxshi amal rizqning kengayishi va ajalning ortga surilishiga sabab boʻlishini aytganlar?
«Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Moʻmin moʻminaga gʻazab qilmasin, agar ... ». Hadisning davom ettiring
Nabiy sollallohu alayhi vassalam: «Kim ikki qizni balogʻatga yetguncha boqib katta qilsa, men bilan shunday birgadir», dedilar va qanday harakatni koʻrsatdilar?
Abu Juray Jobir ibn Sulamdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga ishtonni sudrab yurishlikdan qaytarganlar?
Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam muhtojliklari uchun bir ayoldan nima oldilar?
Qaysi sahoba Anas ibn Molik roziyallohu anhuni qoʻlidan tutib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib kirdi va: «Ey Allohning Nabiyi! Anas hushyor va aqlli bola, sizga xizmat qilsin» dedi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabzi ruh qilganlarida ustlarida bo'lgan turli qiyqim - parchalarni ulab qilingan kiyim nomi
Ato ibn Yasordan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo Rasululloh alayhissalomni qanday nom bilan nomlagani aytiladi?
Ato ibn Yasordan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo Rasululloh alayhissalomni qanday nom bilan nomlagani aytiladi?