Savol |
«Tafsir» so‘zi lug‘atda qanday ma'noni anglatadi? |
«Tafsir - Qur'oni karimdagi ...ni o‘rganadigan ilm». Nuqtalar o'rnini to'ldiring. |
Qaysi davrda Tafsir ilmi og‘zaki rivoyat va naql shaklida bo‘lgan? |
Oyatlar tafsiri haqidagi ma'lumotlarni birinchi bo‘lib kimlar yozishga kirishdi? |
Qur'oni karim tafsirlari bir necha qismlarga bo‘linadi. Uning birinchi qismi nima deb nomlanadi? |
Fotiha surasining oxirgi oyatidagi «G‘azabga duchor bo‘lganlar» va «Adashganlar»dan murod kimlar edi? |
Alloh taolo Odam alayhissalomni qaysi kunda yaratdi? |
Alloh taolo osmonlaru yerni necha kunda yaratdi? |
Odam alayhissalom yaratilganlaridan so‘ng birinchi bo‘lib kimga salom berdilar? |
Rivoyatlarda aytilishicha, Odam alayhissalom yaratilishida tuproqni kim olib kelgan edi? |
Banu Isroil qayerga ta'zim bilan «Hittotun» deb kirishga amr qilingan edi? |
Yahudiylar qaysi farishtani o‘zlariga dushman hisoblar edilar? |
Ahli jannatning avvalgi taomi nima bo'ladi? |
Alloh taolo hadisi qudsiyda: «Odam bolasi Meni so‘kdi», deb nimani nazarda tutgandi? |
«Robbimga uch narsada muvofiq keldim: Maqomi Ibrohimda, hijobda va Badr asirlarida», degan sahobiy kim edi? |
Ayollardan kim birinchi bo‘lib belbog‘ bog‘lagan edi? |
Hojar onamiz chaqaloq Ismoil alayhissalom bilan Bakka vodiysida yolg‘iz qolganlarida biror kishini ko'rib qolarmikanman deya qaysi tepaliklar orasida yugurgandilar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlaridan so‘ng dastlab qaysi tomonga qarab namoz o‘qiganlar? |
Qurayshliklar Islomdan avvalgi davrda Safo va Marva tepaliklariga qaysi butlarini qo'yib qo‘yishgan edi? |
Abu Umoma roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning Ismi A'zami Qur'onda uch suradadir», deyilgan. U zot qaysi suralarni nazarda tutganlar? |
Ramazon ro‘zasini tutish farz qilingani haqidagi oyat qaysi surada kelgan? |
Quraysh mushriklari johiliyat davrida qaysi ro‘zani tutishni odat qilishgan edi? |
«Va to tong paytida «oq ip» «qora ip»dan ajraguncha yeb-ichavering», oyatidagi «oq ip» «qora ip» nima edi? |
Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilish, agar ko‘rmasa U ko‘rib turgandek ibodat qilish nima deb ataladi? |
Erlari vafot etgan ayollar qancha muddat idda saqlaydilar? |
«Namozlarni va o‘rta namozni muhofaza eting. Va Alloh uchun xushu' ila qoim bo‘ling», oyatidagi «o‘rta namoz»dan murod nima? |
Allohdan o‘liklarni qanday tiriltirishini ko‘rsatishni so‘ragan Payg‘ambar kim edi? |
Iffatlari tufayli ularni boy deb o‘ylaydigan faqirlar qanday toifa odamlar deyiladi? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallamga oxirgi nozil bo‘lgan oyatni toping. |
Qur'oni karimning oyatlari ikkiga bo‘linib birinchisi muhkam deyiladi, ikkinchi qanday nomlanadi? |
Hadisga binoan agar Qur'onning ma'nolari haqida ixtilof qilinsa qanday yo‘l tutish lozim? |
Qur'onda Alloh taolo qiyomat kuni qanday toifa odamlarga gapirmasligi, nazar solmasligi, poklamasligi aytilgan? |
Arok nima? |
«O‘zingiz muhabbat qilgan narsadan nafaqa qilmaguningizcha yaxshilikka erisha olmaysiz», oyati nozil bo‘lgandan so‘ng Abu Tolha roziyallohu anhu…? |
Oli Imron surasida kelgan Isroil ismli payg‘ambar kim? |
Ya'qub alayhissalom og‘ir kasal bo‘lib yotganlarida, agar Alloh shifo bersa, nimalarni yemaslikni nazr qilgandilar? |
Qaysi qavmga iqob sifatida ba'zi hayvonlarning hamda mol bilan qo‘yning charvisi harom qilingan? |
Makkai Mukarramaning nomlaridan biri bo‘lgan «Bakka» so‘zining ma'nosi nima? |
«Masjidul Aqso» so‘zining ma'nosini toping. |
Masjidul Harom va Masjidul Aqsoni qaysi payg‘ambarlar bunyod etgan? |
Qaysi surada Haj ibodati farz bo‘lgan? |
Qaysi jangda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tishlari singan, peshona taraflaridan muborak yuzlari yorilgan? |
Kimga bu dunyoda mol-dunyo berilgan bo‘lsayu, zakotini ado qilmasa, qiyomat kuni boyligi qanday ko‘rinishda bo‘ladi? |
«Xamr» so‘zining ma'nosini toping |
Qimor Qur'onda qaysi so‘z bilan ifodalangan? |
Qaysi payg‘ambarning otalarining ismi Ozar bo‘lgan? |
Qaysi payg‘ambarlarning ismlarida onalariga nisbat berilgan? |
«Hajjul akbar» kuni qaysi kun? |
Qaysi oylarda urush harom qilingan? |
Arabchada «momaqaldiroq» degan ma'noni bildiruvchi sura nomini toping. |
Qur'oni karimda «Hijr egalari» deb qaysi qavm nazarda tutilgan? |
Qur'oni karimda «Yetti takrorlanuvchi» deya ta'riflangan surani toping. |
Isro kechasi kuni Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni olib ketish uchun kelganlarida u zot qayerda uxlayotgan edilar? |
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Isro kechasida mingan ulovlarining nomi nima? |
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tashqi ko‘rinish jihatdan qaysi payg‘ambarga ko‘proq o‘xshaydilar? |
Ilohiy kitob bo‘lmish Zabur qaysi payg‘ambarga nozil qilingan? |
Qur'ni karim oyatlarida kelgan «Maqomi Mahmud»dan murod nima edi? |
Muso alayhissalom va solih banda qissasi qaysi surada kelgan? |