!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Тафсири Хилол. 1-жуз kitobidan barcha savollar

Savol
«Fotiha» surasi qayerda nozil bo'lgan va necha oyatdan iborat?
Payg'ambarimiz alayhissalom qaysi sura haqida Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Qur'onda ham bunga o'xshashi nozil qilinmagan, deganlar?
Mo'jiza, belgi, ibrat, dalil, ajoyib ish, jamoat kabi bir necha lug'aviy ma'nolarni bildiruvchi so'zni toping
Ulamolar istilohida Qur'oni Karim surasi tarkibiga kirgan, boshlanishi va tugashi belgili so'zlar toifasiga nima deyiladi?
Lug'atda qo'rg'on, manzil, sharaf ma'nolarini anglatuvchi so'zni ko'rsating
Qur'oni Karim oyatlarining qo'rgon ila o'ralgan bir toifasiga nima deyiladi?
Qur'oni Karimdagi eng qisqa sura qaysi?
Qur'oni Karimdagi eng uzun sura qaysi?
Qaysi sifat Allohning o'zigagina xos bo'lib, kofirga ham, mo'minga ham mehribon va ne'mat beruvchi ma'nolarini anglatadi?
Qiyomatda faqat mo'minlarga rahm qiluvchi Allohning sifatini ko'rsating
Ibodat - bu …
Fotiha surasidagi «G'azabga duchor bo'lganlar»dan murod kimlar edi?
Fotiha surasidagi «Adashganlar»dan murod kimlar?
«Ummul Qur'on» nomini olgan surani toping
«… - ma'nosi va lafzi Alloh tarafidan bo'lib, lekin ojiz qoldirish, mo'jizaviy xususiyati yo'q». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
«Baqara» so'zining ma'nosi nima?
Payg'ambarimiz alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan keyin birinchi qaysi sura nozil bo'lgan?
Qaysi sura o'qilgan uyga shayton kirmaydi?
Payg'ambarimiz alayhissalom eng ajoyib iymon deb kimlarning iymonini zikr qilganlar?
Munofiqlik qanday illat?
Oyati karimadagi, «…ular esipastlardir va lekin o'zlari bilmaslar!» iborasi kimga nisbatan aytilgan?
Munofiqlarning vasfida «shamolga tebrangan kema singari tebranib turadi» iborasini kim keltirgan?
Qaysi imom «Payg'ambar alayhissalom davrlaridagi munofiq - hozirgi kunda zindiqdir», deganlar?
Hadisda «to'ntarilgan qalb» iborasi bilan kimning qalbiga nisbat berilgan?
Hadisda «musaffo qalb» iborasi bilan kimning qalbiga nisbat berilgan?
Hadisda «g'ilofi bog'langan qalb» iborasi bilan kimning qalbiga nisbat berilgan?
Hadisda kelgan «o'zgaruvchan qalb» qanday qalb?
Birovga «Alloh xohlasa va sen xohlasang», deyish qanday amal?
«Allohning ahdini bog'langanidan so'ng buzadigan…»lar kimlar?
Alloh taolo yer yuzidagi barcha narsalarni kim uchun yaratdi?
Alloh Odamga ulkan martaba ato etib, farishtalarni unga sajda qildirishidan nima ma'no bor edi?
Iblis asli qaysi toifadan edi?
Jannatdagi man qilingan daraxt qaysi daraxt edi?
«Isroil» qaysi payg'ambar alayhissalomning laqablari hisoblanadi?
Alloh taoloning «Oyatlarimni oz bahoga sotmang» (Baqara, 41-oyat) xitobi kimlarga qaratilgan edi?
«Bani Isroil» kimlar?
O'zlarining uzoq tarixlari davomida haqni botilga aralashtirib kelgan qavm qaysi qavm?
Alloh ilmsiz kishini 70 marta mag'firat qilganda, kimni bir marta mag'firat qiladi?
Do'zaxda o'z qornidan chiqqan narsalar atrofida xuddi tegirmonni aylantiradigan eshak singari aylanadiganlar kimlar?
Payg`ambarimiz alayhissalomning boshlariga qiyin ish tushganda shoshiladigan amallari qaysi amal edi?
Qadimgi Misr podshohlarinig laqabi nima edi?
Alloh dengizni ikkiga bo'lib yo'l ochib ularga najot bergan qavm kimlar edi?
Ashuro kunida kimlar ro'za tutadi?
«Shoyadki hidoyat topsangiz deb, Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang» (Baqara, 53-oyat) oyatidagi «furqon»dan murod nima?
Allohning «Maxluqotlarni tafovutdan xoli qilib yaratuvchi Zot» degan ma'noli sifatini toping
«Baqara» surasidagi «Ushbu qishloqqa kiringiz», degan jumladagi «qishloq»dan murod qayer edi?
«Hittatun» so'zining ma'nosi nima?
Alloh taolo Bani Isroilga osmondan qanday taomlarni tushirgan edi?
O'z tarixida qattiq kufrga ketgan, tajovuzkorlik qilgan va hidoyatni inkor etgan ummat qaysi ummat?
«Nasorolar» deganda qaysi payg'ambarga iymon keltirganlar nazarda tutiladi?
Mushriklardan o'z qavmining butlariga sig`inishini yoqtirmay, yangi aqiyda axtarib, oxiri, Ibrohim alayhissalom dinidamiz, deganlar qanday nomlangan?
Bani Isroilning o'zlari muqaddas sanaydigan kunlari qaysi?
Allohning «Quvilgan, xor-zor maymunga aylaning» (Baqara, 65-oyat) xitobi kimga qaratilgan edi?
Imom Termiziydan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz alayhissalom: «Odamlarning Allohdan eng uzog'i» deb kimni aytdilar?
«Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o'shalar jannat egalaridir...» (Baqata, 82-oyat) oyatidagi iymon qanday iymon?
«Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o'shalar jannat egalaridir...» (Baqara, 82-oyat) oyatidagi yaxshi amallar qanday amallar?
Ahdu paymon nima?
Madinai Munavvara arablari qaysi qabilalarga bo'lingan edi?
Madinai Munavvara yahudiylari qaysi qabilalarga bo'lingan edi?
Bani Isroilga yuborilgan payg'ambarlarning oxirgisi kim?
Alloh taolo qaysi payg'ambar alayhissalomga nisbatan «Uni Ruhul Qudus bilan qo'lladik» (Baqara, 87-oyat), dedi?
Yahudiylar qaysi ikki ulul-azm payg'ambarlar o'rtasida kelgan payg'ambarlarning ba'zisini o'ldirdilar, qolganlarini yolg'onchiga chiqardilar?
Qur'oni Karimning «Bas, ozginagina iymon keltirurlar» (Baqara, 89-oyat) vasfiga mos bo'lib turganlar kimlar?
«Jabroilga dushman bo'lganlar» kimlar edi?
Jabroil so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Alloh taolo Tur tog'i tagida kim bilan ahdlashgan edi?
«Biz fitna - sinov uchunmiz, kofir bo'lmagin», demasdan oldin odamlarga sehr o'rgatmaganlar kimlar edi?
Pastkash yahudiylar musulmonlarni masxaralash uchun ishlatgan so'z qaysi so'z edi?
«Bizga nazar soling» ma'nonisini beruvchi iborani toping
Islomiy istilohda «ahli kitob» deb kimlarga aytiladi?
Hozirda qolmagan «ahli kitob»lar kimlar?
Mushriklar kimlar?
Alloh taoloning bir hukmni joriy qilib, vaqti yetganda uni amaldan qolishi qanday amal deyiladi?
«Nasx» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning rivoyatlaricha sahobalar Payg'ambarimiz alaysalomdan nechta savol so'rashgan?
Kofirlarning «Alloh farzand tutdi» degan katta beobobliklarini Alloh taolo hadisi qudsiyda nima deb baholagan?
Yahudiylar kimning avlodi?
«… so'zi peshvo, oldindagi, boshlovchi shaxs ma'nolarini bildiradi» Nuqtalar o'rnini to'ldiring
«Odamlar qayta-qayta kelib to'ymaydigan joy» ma'nosini bildiruvchi so'zni toping
Tavofdan so'ng hamisha ikki rakat namoz o'qiladigan joy?
Arab mushriklari Baytullohni ma'naviy najas hisoblanmish butlar bilan iflos qilgan edilar. U butlar nechta edi?
«Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen eshitguvchi, bilguvchi Zotsan», deb nido qilgan payg'ambarlar kimlar edi?
Har bir narsani o'z joyiga qo'yish nima deyiladi?
Ibrohim alayhissalomning dinlari, millatlarini nima edi?
Ya'qub alayhissalomning amakilari kim edi?
Barcha botil dinlarni tashlab haq din tomonga burilish nima deyiladi?
Musulmonlar qancha muddat Baytul Maqdisga qarab namoz o'qishgan?
Bizda o'rta, yaxshi, markaz, adolatli degan ma'nolarni anglatuvchi so'z arabchada qanday ataladi?
Oyatdagi «Uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar»(Baqara, 146-oyat) jumlasida kimlar nazarda tutilgan?
Ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai bo'lmish Alloh taologa bog'lovchi vosita nima?
Qur'oni Karimning qaysi surasida Robbimiz, «Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Ba Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz», deya marhamat qilgan?
Qur'oni Karimdagi: «Balki ular tiriklardir, lekin siz sezmaysiz» (Baqara, 154-oyat) oyati kimlar haqida nozil bo'lgan?
«Istirjo» aytishga buyurilgan oyat qaysi oyat?
«Istirjo» duosi keltirilgan qatorni toping
Qaysi onamiz Payg'ambarimiz alayhissalomga turmushga chiqishlarining sababini «istirjo» duosiga bog'laydilar?
Hadisni davom ettiring: «Birortangizning oyoq kiyimi ipi uzilsa ham, ...»
Shariatimizda Safo va Marva tepaliklari orasida say qilish qanday amal deb belgilangan?
Safo va Marva tepaliklari orasida ilk bor say qilgan inson kim edi?
Allohning amriga binoan Ibrohim alayhissalom go'dak o'g'illari Ismoil va ayollari Hojar onamizni qaysi joyda qoldirib ketganlar?
Zam-zam so'zining ma'nosi nima?
Hadisda keltirilishicha, kim bir ilmdan so'ralsa-yu, uni berkitsa qiyomat kuni uning ahvoli qanday bo'ladi?
Lug'atda «yechilgan» ma'nosini anglatuvchi so'zni toping
Sahl ibn Abdulloh: «Najot uch narsada - …, farzlarni ado etish, Payg'ambar alayhissalomga ergashishdadir», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Hayvonni shariatga muvofiq so'yuvchi kishi kim bo'lishi kerak?
Sufyoni Savriy qaysi oyatni o'qib turib: «Yaxshiliklarning barcha turi shu oyatdadir», deganlar?
Ibn Kasir qaysi oyat haqida: «Kim shu oyat bilan sifatlansa, Islomning barcha sohalariga kirib, yaxshilikning boshini tutgan bo'ladi», deganlar?
Shariatda musulmon molining qancha qismi vasiyat qilinishi lozim deb topilgan?
Barcha dinlarda, hatto ilohiy bo'lmagan dinlarda ham farz bo'lgan ibodat qaysi ibodat hisoblanadi?
Arab tilida «savm» deyilgan ibodat turini toping
Ro'za arab tilida «savm» deyilib, lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Payg'ambarimiz alayhissalom ro'zadorning qay vaqtdagi duosini ijobat vaqti deganlar?
Lug'atda bir narsani lozim tutish ma'nosini bildiruvchi so'z, shariatda esa masjidda, Allohga yaqinlik qilish niyatidagi ibodat nomi?
Ro'za qachon farz bo'lgan?
Shariat hukmiga ko'ra ro'zani tutish ham, ochish ham nimaga bog'liq?
Kishilarni dinidan qaytarishni Qur'oni Karim nima deb ataydi va uni odam o'ldirishdan ham yomonroq ish deb baholaydi?
Qaysi oylar urush harom qilingan oylar hisoblanadi?
Payg'ambarimiz alayhissalom ehsonga qanday ta'rif berganlar?
Islom shariatida maxsus makon, maxsus amallar bilan maxsus ibodatni amalga oshirishni bildiruvchi amal qanday amal deyiladi?
«Haj» so'zi lug'atda …
Lug'atda «ziyorat va obodlik» ma'nosini bildiruvchi amal qaysi amal hisoblanadi?
Haj yoki umraga chiqqan odam o'zi bilan qurbonlik qilish uchun olib chiqqan qo'y, echki, mol yoki tuyadan iborat hayvonga nima deyiladi?
«Bilish», «tanish» ma'nolarini bilgiruvchi so'zni toping
Ma'nosi «yaqinlashish» bo'lgan so'zni toping
Hojilar qayerda shom va xufton namozlarini qo'shib o'qiydilar?
Hanafiy mazhabiga ko'ra, Muzdalifada hayit fajrdan keyin bir lahza ham turish qanday amal?
«Allohni Mash'arul Haromda zikr qiling» oyatidagi Mash'arul Harom qayer?
Payg'ambarimiz alayhissalom, haj nimadan iboratdir deganlar?
Qur'oni Karimning qaysi surasida «Robbana atina...» duosi kelgan?
Payg'ambarimiz alayhissalom Baytullohning yonidan o'tganda qaysi douni o'qishni tavsiya qilganlar?
Makkadan Madinaga hijrat qilmoqchi bo'lganlarida qarshilikka uchrab, butun boyligini mushriklarga berib kelgan sahoba kim edi?
Iste'mol qilgan kishining aqlini to'suvchi, ya'ni bir oz bo'lsa-da ta'sir o'tkazuvchi barcha narsalarga nima deyiladi?
Alloh taolo xamrni qaysi sahoba uyida bo'lgan ziyofatdan so'ng butunlay harom qiluvchi oyatni nozil qildi?
Qasam necha xil bo'ladi?
Kafforat yo'q, gunoh ham bo'lmaydigan, ammo musulmonchilik odobidan bo'lmagan qasam turini toping
Bilib turib yolg'ondan qasam ichish turini toping
Niyat bilan bog'langan qasam turini toping
Er kishining o'z xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichishi nima deyiladi?
Iyloning eng uzoq muddati qancha?
Yana qaytib yarashib, oilaviy turmushni qaytadan boshlash mumkin bo'lgan taloq necha marta bo'ladi?
Islomdagi birinchi xulu' qaysi sahoba va uning ayoli orasida bo'lgan edi?
Islomda ayollarning o'z huquqlarini himoya qilish uchun ochib berilgan yo'l nima deyiladi?
Payg'ambarimiz alayhissalom aytgan «Allohning eng yomon ko'rgan haloli» nima?
Bitta yoki ikkita bo'lib, iddaning ichida qaytish mumkin bo'lgan taloq turi qanday nomlanadi?
Emizishni batamom qilishni iroda qilgan onalar farzandlarini qancha emizadilar?
Idda muddati qancha?
Bani Isroilning talabiga ko'ra, ularning Alloh yo'lida jang qiladigan urushlariga rahbarlik qilish uchun ixtiyor qilingan podshoh kim edi?
Muso alayhissalom vafot etganlaridan so'ng Bani Isroilga kim rahbar bo'ldi?
Bani Isroil va ularga podshohlik qilgan Tolut kimning askarlariga qarshi jang qilgan edi?
Tolutdan keyin Bani Isroilga kim podshoh bo'ldi?
Katta kuchga ega podshoh, hammaning qalbiga daxshat solgan askarboshi Jolutni kim o'ldirdi?
«Kalimulloh» laqabli payg'ambar alayhissalom kim?
«Kursi oyati» nomi bilan mashhur oyati karima «Baqara» surasining nechanchi oyati hisoblanadi?
Imom Ahmad va imom Muslim Allohning Kitobidagi eng ulug' oyat «Kursi oyati» ekanligini qaysi sahobadan rivoyat qilishgan?
«Kim har namozdan keyin «Oyatal kursi»ni o'qisa, uning jannatga kirishini faqat o'lim to'sib turadi, xolos». Ushbu hadis kimdan rivoyat qilingan?
«Oyatal kursi»ning fazli haqida shayton bilan bo'lgan hodisa qaysi sahobadan rivoyat qilinadi?
«Tug'yon» so'zidan olingan bo'lib, Alloh chizgan chiziqdan chiqishga nima deyiladi?
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: «Alloh yo'lida mollarini sarflab, so'ngra sarflari ketidan … va …larning ajrlari Robblari huzuridadir» (Baqara. 262-oyat)
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning tafsir qilishlaricha, maxfiysi oshkorasidan 70 marta ko'p savobga ega bo'linadigan sadaqa turini toping
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning tafsir qilishlaricha oshkorasi maxfiysidan 25 marta ko'p savobga ega bo'linadigan sadaqa turini toping
Shariatda qarz beruvchi qarzdordan ma'lum vaqt muqobiliga asl mol ustiga oladigan ziyoda nima deyiladi?
Oyati karimada qabrlaridan «Faqat shayton urib, jinni bo'lgan kishidek dovdirab turarlar» iborasi kimlarga nisbatan ishlatilgan?
Qur'on ilmlari bilan shug'ullanuvchi ulamolar Alloh tushirgan oyatlar ichida eng oxirgi oyat qaysi oyat deganlar?
Payg'ambarimiz alayhissalom eng oxirgi oyat nozil bo'lgandan so'ng necha kun yashaganlar?
Qur'oni Karimdagi eng uzun oyat qaysi?
Qur'oni Karimdagi eng uzun oyat nima haqida nozil qilingan?
Qarz oldi-berdisi ishlarida farazan 2 er kishi topilmay qolsa, bir erkakning o'rniga nechta ayol guvohlikka o'tadi?
Payg'ambar alayhissalomga boshqa Payg'ambarlarlarga berilmagan ikki nur nimadan iborat edi?
Payg'ambarimiz alayhissalom: «Ular menga Arsh ostidagi xazinadan berilgan», deb qaysi oyatni nazarda tutganlar?
«Oli Imron» surasi qayerda nozil bo'lgan va necha oyatdan iborat?
«Oli Imron» surasida asosan qaysi toifa haqida so'z yuritiladi?
Payg'ambarimiz alayhissalom, qiyomat kuni Qur'on va unga amal qilgan ahllari keltirilganida qaysi suralar bosh bo'lib keladi, deganlar?
Qur'oni Karim oyatlari necha turga bo'linadi?
Mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo'lmaydigan degan ma'nolarni beruvchi Qur'on oyatlari qanday oyatlar deyiladi?
O'xshash, bir-biridan ajratish qiyin, bir necha ma'nolarni anglatadigan degan ma'nolarni beruvchi Qur'on oyatlari qanday oyatlar deyiladi?
Qur'onning aslini tashkil qiluvchi oyatlar qanday oyatlar deb ataladi?
Haqiqiy ta'vilini faqat Alloh taoloning O'zigina biladigan oyatlar qanday oyatlar deb ataladi?
«Ishtaha» so'zidan olingan bo'lib, ko'ngil tusashi, xoxlashini bildiruvchi so'zni toping
Payg'ambarimiz alayhissalom zimmadagi qarzdan qutulish uchun o`qishni tavsiya qilgan duolarini ko'rsating
O'zini sirtdan do'st ko'rsatib, jonni, molni va nomusni dushmanlardan saqlab qolishga nima deyiladi?
Bashariyatning ikkinchi otasi nomini olgan payg'ambar alayhissalom kim?
Alloh taolo olamdagi ayollardan ustunlikka kimni musharraf etdi?
Iso alayhissalomga Alloh yo'lida yordamchi bo'lganlar kimlar edi?
«Havoriy» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
O'zi uchun eng mahbub bo'lgan «Haa» nomli qudug'ni Alloh roziligi yo'lida sadaqa qilgan sahobiyni toping
Makkaning ismlaridan biri, lug'aviy ma'nosi «taqillatib urmoq» bo'lgan nomni toping
Kim baytullohdagi «Maqomi Ibrohim»ni namoz o'qiyotganlar tavof qilayotganda xalaqit bermasin deb chetroqqa oldirgan?
«Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting...» (Oli Imron, 103-oyat) oyatidagi «Allohning arqoni»dan murod nima?
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: «Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo'ldingiz. Amri ma'ruf qilasiz, … qilasiz va…» (Oli Imron, 110-oyat)
Taqdiriga Allohning g'azabi va miskinlik bitilganlar kimlar edi?
Payg'ambarimiz alayhissalom Uhud jangiga qancha sahobalari bilan chiqdilar?
Payg'ambarimiz alayhissalom Uhud jangiga chiqqanlarida Madinada qolganlarga jamoat namozini o'qib turishni kimga buyurdilar?
Uhud jangida askarlarning uchdan birini olib qaytib ketgan munofiq kim edi?
Payg'ambarimiz alayhissalom Uhudda o'z qilichlarini qaysi sahobaga bergan edilar?
Uhud jangida musulmonlar askarining orqa tomonini qo'riqlashga kim boshliq etib tayinlandi?
Uhud jangida musulmonlarning bayroqdori kim edi?
Uhud jangida Payg'ambarimiz alayhissalomni himoya qilib, necha kishi shahid bo'ldi?
Uhud jangida Payg'ambarimiz alayhissalomning muborak yonoqlariga kirgan dubulg'a xalqasini tishi bilan tortib chiqargan sahoba kim edi?
Kimning vafoti munosabati bilan Payg'ambarimiz alayhissalom: «Sening musibatingdek musibatga uchramasam kerak», dedilar?
Ikkinchi hijriy sanada, o'n yettinchi Ramazon, juma kuni qaysi jang bo'lgan?
Qaysi urushda musulmonlar 1000 kishilik qo'shinga qarshi 313 kishi jang qilib g'olib bo'lganlar?
Qaysi hodisa tufayli ushbu oyat nozil bo'lgan: «Muhammad bir rasul, xolos. Undan avval ham rasullar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa orting'izga qaytasizmi?!»
Qur'oni Karimda kelgan «Ikki to'p to'qnashgan kuni» iborasi qaysi urush bo'lgan kun haqida keltirilgan?
Nasibalarida ruhlari yashil qushning ichida bo'lishi, Arshda osilgan qandillari bo'lishi, jannatnatning xohlagan joyiga borib-kelishi mumkin bo'lganlar kimlar?
Ibrohim alayhissalom o'tga tashlanganlarida qaysi duoni o'qigan edilar?
«Hasbunallohu va ni'mal vakil» duosi «Oli Imron» surasining nechanchi oyatida keltirilgan?
Hadisda rivoyat qilingan qanday kishilarning bo'yniga ikki xolli ulkan ilon ikki chekkasidan tishlaydi?
Payg'ambarimiz alayhissalom tom tagiga o'tirganlarida, kimlar ustlaridan tosh tashlab o'ldirmoqchi bo'lgan edi?
Habashiston podshosi Najoshiy avval qaysi dinda bo'lgan?
Kim Payg'ambarimiz alayhissalom nomlaridan sovchilik qilib, bu xizmati uchun yuksak bahoga sazovor bo'lgan?
Hadisni davom ettiring: «Ikki ko'zga (do'zaxda) o't tegmaydi: Allohdan qo'rqib yig'lagan ko'zga va …»
«Niso» surasi qayerda nozil bo'lgan va necha oyatdan iborat?
«Niso» so'zining ma'nosi nima?
Hajmi jihatdan Qur'oni Karimda ikkinchi o'rinda turadigan surani toping
Yetimlarning haqlariga rioya qilish, kichik yoshdagi bolalar, zaif kishilar va ayollarning huquqlarini himoya qilish masalalari qaysi surada alohida e'tibor berilgan?
«Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo'rqsangiz, o'zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to'rttami nikohlab oling» oyatdagi yetimlardan murod kimlar?
Lug'atda «qotirish» ma'nosida kelib, amalda molni yaxshi tasarruf qilishni bilmaydiganlarga o'z holicha mol-mulk ishlatishni man etishga nima deyiladi?
Shariat takliflarini amalga oshirishi lozim bo'lgan shaxs … deyiladi
«Qiyomat kuni bir qavmlar og'izlaridan olov purkalib turgan holda tiriladilar». Ushbu hadis kimlar haqida nozil qilingan?
Merosni to'g'ri taqsim qilishga bog'liq ilm qanday nomlanadi?
Payg'ambarimiz alayhissalom: «Ummatimdan birinchi sug'urib olinadigan narsa ...», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Islomda dunyoga kelgandan to umrining oxirigacha moddiy jihatdan ta'minlanganlar shaxslar kim hisoblanadi?
Bir odam vafot etsa, undan qolgan merosdan avval …
Payg'ambarimiz alayhissalom:"…ni o'rganinglar va uni odamlarga o'rgatinglar. U ilmning yarmidir. U unutiladi." deganda qaysi ilmni nazarga tutganlar?
Agar bir odam vafot etib, uning o'g'li bo'lmasa va ikkitadan ortiq qizi bo'lsa, qizlar merosning qancha qismini olishadi?
Bir odam, «O'lganimdan keyin hamma molimni Alloh yo'lida sadaqa qilinglar», desa, mazkur ish amalga oshiriladimi?
Ro'zg'or ko'rmagan bilan zino qilsa shariat bo'yicha qanday jazo qo'llash kerak?
Boshqa ishda ikki kishining guvohligi qabul qilinsa ham, qanday gunohning guvohligiga to'rtta musulmon erkak bo'lishi shart?
Arabchada «tavba» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
«Sho'ring qursin! Oilalar muhabbat uchun qurilmaganmi?! Rioyat qani?! Mas'uliyat qani?!» fikrlari kimga tegishli?
Ayollarning mahrini 400 dirhamdan oshirmaslik fatvosinni berganda, bir qurayshlik ayol bilan tortishib, fatvoni o'zgartirgan xalifa kim edi?
Islomda uylanmoqchi bo'lgan insonga farz bo'lgan shart nima?
Kelinga kuyov tomonidan mahr berilishi qanday amal?
Nuqtalar o'rnini to'ldiring. Payg'ambarimiz alayhissalom: «Taomi, kiyimi va qudrati yetmaydigan ishga buyurmaslik …ning haqqidir», deganlar
Lug'atda «qasd qilmoq» ma'nosini anglatuvchi so'zni toping
Kimlar Payg'ambarimiz alayhissalom va musulmonlarni ko'rsalar, «As-Somu alaykum» (Sizlarga o'lim bo'lsin) der edi?
Ulug' tobe'in Ka'bul Ahborning Islomga kirishlari qaysi xalifa davrlariga to'g'ri kelgan?
Yaratuvchilikda, ibodatda va tarbiyakunandalikda Allohdan boshqani Unga sherik deb bilish nima deyiladi?
Payg'ambarimiz alayhissalom, qanday holda vafot etgan inson mag'firatga sazovor bo'ladi, deganlar?
Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukm nima deyiladi?
Musulmonlar hayotida yangi paydo bo'lgan, Qur'onda va sunnatda zirk qilinmagan, ammo shunga o'xshash boshqa masalani yangisi bilan taqqoslab, hukm chirarish …
Alloh qalblardagi sir tutilgan hamma narsalarni bilib turishidan go'fillik nimaning asl sababi?
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Payg'ambarimiz alayhissalom: «Kishining … har eshitgan narsasini gapiraverishi kifoya qiladi», deganlar
Islomda tanigan-tanimaganga salom berish qanday amal?
Islomda salomga alik olish qanday amal?
Ulamolar Islomda urush qilinsa-da, qaysi maqsad uchun qilinadi, deyishgan?
Dinu dinoyatni deb, vatanni tark etishga nima deyiladi?
Hanafiy mazhabiga ko'ra safar masofasi qancha hisoblanadi?
Qasr namozi necha rakatdan iborat?
Hanafiy mazhabi bo'yicha, musofir bir joyda 15 kun va undan ortiq turishni niyat qilsa namozni qanday o'qiydi?
Hanafiy mazhabi bo'yicha, musofir bir joyda 15 kundan kam turishni niyat qilsa namozni qanday o'qiydi?
Payg'ambarimiz alayhissalom namoz va sadaqadan afzal daraja deb nimaning xabarini berganlar?
Xotin bo'lib xotin emas, boshi ochiq bo'lib boshi ochiq emas, arosat bir holda qollgan ayol kim deb ataladi?
Oyati karimada kelgan, namozga tursalar dangasalik bilan, xo'jako'rsinga turadigan va Allohni kamdan-kam zikr qiladigan toifalar kimlar?
Kim uni barpo qilsa, dinni ham barpo qiladi. Kim uni barpo qilmasa, dinni ham barpo qilmaydi. U qanday amal?
Payg'ambarimiz alayhissalom dinimizning qaysi arkoni haqida: «Biz bilan boshqalar boshqalarning orasidagi farq», deganlar?
Do'zaxning eng qa'riga - eng ostki qavati, oyatda «ad - Darkul asfal»ga kimlar tashlanadi?
Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Payg'ambarimiz alayhissalom: «… qilgin, senga ozgina amal kifoya qilur», deganlar
Alloh taolo yomon gapni oshkor qilinishini xush ko'rmasa-da, faqat bir toifaga oshkor gapirishga ruxsat bergan. Bu qaysi toifa?
«Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik» (Niso, 174-oyat) oyatdagi «burhon»dan murod nima?
Assalom alekum va rohmatullohi va barokatuh. "Baqara" sur'asi qachon qayerda nechanchi bo'lib nozil bo'lgan?
Assalom alekum va rohmatullohi va barokatuh. "Baqara" sur'asi qachon qayerda nechanchi bo'lib nozil bo'lgan?
Assalom alekum va rohmatullohi va barokatuh. "Baqara" sur'asi qachon qayerda nechanchi bo'lib nozil bo'lgan?
Qaysi sura faqat bitta payg'ambarni qissasini so'zlaydi
Qaysi sura faqat bitta payg'ambarni qissasini so'zlaydi
Najodiy avval qaysi dinga boʻlgan
Najodiy avval qaysi dinga boʻlgan