!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Тафсири Хилол. 6-жуз kitobidan barcha savollar

Savol
«Qur'onnning kelinchagi» nomini olgan sura qaysi?
Ar-Rohman surasida «Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!» oyati necha marotaba takrorlangan?
«Voq'ia» qanday ma'noni anglatadi?
Voqi'a surasidagi «Uni faqat poklanganlargina ushlaydir» oyatidan qanday hukm olingan?
Payg'ambarimiz alayhissalom Voqi'a surasidagi «Bas, ulug' Robbing ismini poklab yod et» oyatini namozdagi qaysi holatda aytishni buyurganlar?
Hadisda kelishicha qaysi surani har kechada o'qigan odam kambag'allik ko'rmaydi deyilgan?
«Hadid» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Rasululloh sollallohu alayhivasallamga minbar qilib berilgunicha nimaning ustida xutba qilganlar?
Payg'ambarimiz alayhissalom qaysi mo'minlarning iymonini ajablanarli deb aytganlar?
Qaysi sahoba Hadid surasining «Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?!» oyati nozil bo'lganda 600 tupli xurmo bog'ini sadaqa qilgan edi?
«Mujodala» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Mujodala surasining ilk oyatlari nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan sahobiya kim edi?
Hadislarda olimning obiddan farqi nimaga o'xshatilgan?
«Hashr» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Rasululloh sollallohu alayhivasallamning iznlari bilan mushrik Ka'b ibn Ashrafni o'ldirgan sahobiy kim?
Rasululloh sollallohu alayhivasallamning ustilariga tosh tashlab o'ldirmoqchi bo'lgan qabila qaysi edi?
Hashr surasining 9-oyatida Alloh taolo ansorlarning qaysi sifatini maqtagan?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning jannatiyligini bashoratini bergan ansoriy sahobaning uyiga borib, uch kun kuzatgan sahoba kim edi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhivasallam «Hashr» surasining oxirgi uch oyatini tongda va kech kirganda o'qigan insonga qanday bashoratni va'da qilganlar?
«Mumtahana» so'zining ma'nosi nima?
Payg'ambarimiz alayisallom Makkani fath qilishga qasd qilganliklari haqida yashirincha xat yozib, uni Qurayshga jo'natgan kishi kim edi?
Hudaybiya sulhidan so'ng qaysi ayol Makkadan Madinaga hijrat qilib kelgan?
Musulmonlar Habashistonga hijrat qilib kelganda qaysi sahobiy Najoshiy oldida musulmonlarning vakili sifatida gapirgan?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhivasallam: «Agar iymon Surayyoda bo'lsa ham, mana bulardan bo'lgan kishilar unga yetadilar», deb qaysi sahobani nazarda tutganlar?
Alloh taolo: «… ustiga kitob yuklangan eshakka o'xsharlar», deb kimlarni aytgan?
Qaysi halifa davrida Juma namoziga ikkita azon aytish joriy qilindi?
Munofiqun surasi nozil bo'lib, qaysi yosh sahobiy yolg'onchilikdan poklandi?
Munofiqun surasining ilk oyatlari musulmonlarning qaysi g'azotdan qaytayotganlarida nozil bo'ldi?
«Tag'obun» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Misr podshohi tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hadya qilingan cho'rining, keyinchlik esa mo'minlar onasi degan muborak nomga sazovor bo'lgan ayolning ismi nima edi?
Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaysi ayollarining nikohini Qur'oni Karimda zikr qilgan?
Tahrim surasidagi «Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq qalblaringiz (haqqa) moyil bo'lur» oyati kimlar haqida nozil bo'lgan?
Qur'oni Karimning 28-juzi nechta suradan iborat?
28-juzdagi qaysi suralar Allohga tasbeh aytish bilan boshlanadi?
Qabr azobidan najot beruvchi sura qaysi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Allohning kitobida bir sura bor, uning oyatlari o'ttizta xolos, kishiga qiyomat kuni shafoat qiladi», deb qaysi surani aytganlar?
Qalam surasining 1-oyati qaysi «Hijo» (alifbo) harf bilan boshlangan?
Qalam surasining 10-16 oyatlari qaysi mushrik haqida nozil bo'lgan?
Qalam surasidagi: «Tezda uning tumshug'iga belgi qo'yamiz» oyati nozil bo'lgach, Valid ibn Mug'iyraning qaysi jangda burunini qilich kesdi?
Yunus alayhisslom qaysi qavmga payg'ambar etib yuborilganlar?
Hud alayhisslom qaysi qavmga payg'ambar etib yuborilganlar?
«G'isliyn» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Ma'orij surasining dastlabki oyatlari nozil bo'lishiga kim sababchi bo'ldi?
«Jin» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Jinlar nima bilan ozuqlanadi?
«Muzammil» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Muzammil surasining ilk oyatlari nozil bo'lganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimning huzurida edilar?
Vahiyning shiddatidan sonlari yorilib ketay degan sahoba kim edi?
Rasululloh sollallohu alayhivasallam va sahobalari kechalari qoim bo'lish farz bo'lgach, necha yil kechalari qoim bo'lishdi?
Alaq surasining dastlabki oyatlari nozil bo'lgandan keyin qaysi suralar nozil bo'ldi?
Mudassir surasining: «Meni O'zim yakka yaratgan kishi bilan qo'yib qo'y» oyati kim haqida nozil bo'lgan?
Oyatdagi «Malomatchi nafs» qanday ma'noni anglatadi?
Qiyomat surasida Alloh taolo insonning qaysi a'zolarini daqiq joylarigacha asl holiga keltirishni aytgan?
Qiyomat surasidagi: «Bas, u tasdiqlamadi va namoz o'qimadi» oyati kim haqida nozil bo'lgan?
«Mursalat» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Mursalat surasidagi: «O'shal kunni yolg'onga chiqaruvchilarga vayl bo'lsin» oyati necha marta takrorlanadi?
Qur'oni Karimning 29-juzi nechta suradan iborat?
Qur'oni Karimning 29-juzidagi qaysi sura Madinada nozil bo'lgan?
«Naba'» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Naba' surasida: «Va shula taratuvchi chiroq ham qildik» oyatidagi «shula»dan murod nima edi?
«Nazi'aat» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
«Abasa» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Abasa surasining ilk oyatlari qaysi sahobiy sabab nozil bo'lgan?
«Va vaqtiki tiriklay ko'milgan qizdan so'ralsa» oyati qaysi suraga kelgan?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qiyomat kuniga o'z ko'zi bilan ochiq-oydin nazar solmoqchi bo'lsa …», deb qaysi suralarni qiroat qilishni aytganlar?
«Mutoffifun» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
«Inshiqoq» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
«Asxabul-uhdud» qissasi qaysi surada zikr qilingan?
«Toriq» so'zi lug'atda nima ma'noni anglatadi?
Qaysi suraning oxirgi oyatida ikki payg'ambarning ismi zikr qilingan?
Qaysi surada, tuyaning qanday yaratilishiga nazar solmaydilarmi? - mazmunida oyat nozil qilingan?
Fajr surasida qaysi qavmlarning qissalari keltirilgan?
«Balad» so'zi qnday ma'noni anglatadi?
«Shams» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Shams surasida qaysi qavmning qissasi keltirilgan?
«Layl» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Layl surasidagi oxirgi oyatlardagi «atqo» (taqvodor) va «ashqo» (badbaxt)dan murod kimlar edi?
Makka mushriklari: «Muhammadning Robbi unga g'azab qildi, uni tark etdi», deb gap tarqatishgach, Alloh taolo qaysi surani nozil qildi?
«Sharh» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
«Tiyn» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Alaq surasining dastlabki oyatlari qayerda nozil bo'lgan edi?
Qadr kechasi necha oydan yaxshiroq kecha?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Zalzala» surasini Qur'oni Karimning necha qismiga teng deganlar?
Adiyat surasida qaysi hayvonlarning vasfi kelgan?
«Al-Qori'atu» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Qaysi surani o'qish 1000 oyatga tengdir?
Sahobalardan ikki kishi uchrashib qolsalar, qaysi surani bir-birlariga o'qib bermasdan tarqalmas edilar?
«Humaza» so'zining ma'nosi nima?
«Lumaza» so'zining ma'nosi nima?
Ka'bani buzib tashlash niyatida qo'shin tortib kelgan podshoh kim edi?
Quraysh qabilasi yozda va qishda karvonlarini qayerga yuborar edi?
«Kavsar» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Horis ibn Jabal roziyallohu anhuga kechasi uxlashdan oldin qaysi surani o'qishni aytganlar?
Nasr surasi qachon nozil bo'lgan?
Masad surasi kim haqida nozil bo'lgan?
Mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Bizga Robbingni sifatlab ber», deyishganda, qaysi sura nozil bo'ldi?
«Falaq» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatdi?
«Nas» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Qur'oni Karimning 30-juzida nechta sajda oyati bor?