!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Тафсири Хилол. 4-жуз kitobidan barcha savollar

Savol
Qur'oni Karim oyatlarida kelgan «alaqa» so‘zining ma'nosini toping
Qur'oni Karimda insonning ona qornida rivojlanish bosqichlari qay tartibda keltirilgan?
Haj surasining 17-oyatida kelgan sobiiylar qanday qavm?
Haj surasida nechta sajda oyati kelgan?
Qaysi surada ilk marta musulmonlarning kofirlarga qarshi jang qilishlariga izn berilgan?
O‘ziga vahiy kelgan va o‘sha vahiyni o‘zgalarga yetkazishga mas'ul bo‘lgan zot qanday nomlanadi?
O‘ziga vahiy kelgan-u, uni boshqalarga yetkazishga mas'ul bo‘lmagan zot qanday nomlanadi?
Qaysi qavm o‘z Payg‘ambariga iymon keltirmagach bir qichqiriq ila halok qilingan?
Quyida keltirilgan suralardan qaysi biri musulmon lashkarlari Bani Mustaliq g‘azotidan qaytib kelayotganlarida nozil bo‘lgan?
Qaysi halifa Kufa ahliga yozgan maktublarida «Ayollaringizga «Nur» surasini o‘rgatinglar», degan edilar?
Shariatda birovni zinoda ayblagan odamdan bu ayblovning rostligiga nechta guvoh keltirishi talab qilinadi?
Arabcha «ifk» so‘zining ma'nosini toping
Oisha onamiz roziyallohu anhoga nisbatan bo‘xton tarqatib, mashhur Ifk hodisasi boshlanishiga sabab bo‘lgan shaxsni toping
«Ifk ahli» qaysi sahobiyni zino qilganlikda ayblab uydirma uyushtirganlar?
Ifk hodisasidan so‘ng nozil qilingan Oisha onamiz roziyallohu anhoni oqlovchi oyatlarni toping
«Furqon» so‘zining ma'nosini toping
Hadislarda «Allohumma ajirna minan-nar»ni qaysi namozdan so‘ng yetti marta o‘qish tavsiya qilingan?
Muso alayhissalom sehrgarlar bilan musobaqalashganlarida asolarini tashlaganlarida nimaga aylanadi?
Qaysi qavmga mo‘jiza sifatida toshdan tuya chiqarilgan?
Qur'oni Karimda «ayka», ya'ni «qalin daraxtzor» deya nomlangan o‘lka qaysi?
«Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulug‘ kunning azobi edi». Ushbu oyati karimada qaysi payg‘ambar qavmi nazarda tutilgan?
"...Uni Ruhul Amiyn olib tushdi" oyatidagi Ruhul Amiyndan murod...
«Naml» so‘zining ma'nosini toping
Qaysi Payg‘ambarga Payg‘ambar bo‘lganlarini bildirish uchun xilvat joyga chaqirish maqsadida farishtalar tomonidan gulxan yoqtirilgan?
Quyidagi mo‘jizalarning qaysi biri Naml surasida Fir'avn va uning qavmiga qaratilgan to‘qqiz mo‘jiza ichida keltirilmagan?
Qaysi Payg‘ambarga qush tilini tushunish ilmi berilgan?
Quyida keltirilganlardan qaysilari Sulaymon alayhissalomga askar bo‘lgan?
Sulaymon alayhissalomga Saba' yurtida uning malikasi va qavmi Allohni qo‘yib, quyoshga sajda qiloyatganlarini xabarini kim yetkazadi?
Diniy adabiyotlarimizda qiyomat kuni chiqib, tilga kiradigan hayvon qanday nomlangan?
Qaysi surada Muso alayhissalomning qissalari batafsil keltirilgan?
Qur'oni Karimning Qosos surasida kimga uning xazinasining kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham og‘irlik qiladigan boylik berilganligi aytilgan?
Arabcha «Ankabut» so‘zining ma'nosini toping
Ibrohim alayhissalomga birinchi bo‘lib iymon keltirgan shaxs kim edi?
Lut alayhissalomning qavmlarini halok qilish uchun yuborilgan farishtalarga yana qanday vazifa yuklatilgan edi?
Qalbda qaysi illatning zarracha bo‘lsa ham mavjudligi o‘sha qalb egasining do‘zaxga yuztuban tashlanishiga sabab bo‘ladi?
Arabcha «Ahzob» so‘zining ma'nosini nima?
Islomda sirtdan musulmon bo‘lib ko‘rinadigan, aslida esa kofir bo‘lganlar nima deb ataladi?
Arablarning eski urf-odatlariga ko‘ra, xotiniga ma'lum gapni aytganidan so‘ng xotini ona o‘rniga o‘tib qolishi nima deb atalgan?
Ahzob jangida xandaq qazishni kim maslahat bergan edi?
Ahzob jangining yana bir nomini toping
Ahzob urushida qaysi qabila Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xiyonat qilgan edi?
«Kichik Niso» deb nomlanuvchi surani qaysi?
Mo‘minlar onalarining qaysi birlarini Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga O‘zi nikohlab qo‘ygan?
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaysi zavjalariga uylanganlaridan so‘ng Bani Mustalaq qabilasi Islomni qabul qildi?