!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Ҳадис ва Ҳаёт. 22 жуз. Усмон ва Абу Толиб kitobidan barcha savollar

Savol
Qaysi sahoba «Zunnurayn» laqabini olgan edi?
Qaysi javobda 4 ta roshid xalifalar (roziyallohu anhum) afzalliklari bo'yicha to'g'ri keltirilgan?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Uhud tog'iga 3 ta sahobalari bilan chiqdilar. Shunda tog' silkinadi. U zot: «Ey Uhud, sobit tur! Ustingda nabiy, siddiq va ikki shahid turibdi!» deydilar. Ikki shahiddan murod kimlar edi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Farishtalar hayo qiladigan odamdan men hayo qilmas ekanmanmi?!» deya e'tirof etgan sahoba kim edi?
Hazrat Usmon ibn Affon roziyallohu anhu qachon va qayerda tavallud topganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Lut alayhissalomdan keyin o'z ahli bilan hijrat qilgan avvalgi shaxs», deya e'tirof qilgan sahoba kim edi?
Hudaybiya kuni Rizvon bay'atida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qo'llarining ustiga ikkinchi qo'llarini qo'yib qaysi sahobiy nomlaridan bay'at qiladilar?
Usmon roziyallohu anhu qaysi urushda 1000 dinor pul (4 kg sof oltin) va 600 ta tuyani egar-jabdug'i bilan zimmasiga olganlar?
Usmon roziyallohu anhuga qaysi sanada xalifalikka bay'at berildi?
Hazrat Usmon roziyallohu anhuning xalifa bo'lganlaridan keyin qilgan dastlabki eng asosiy ishlari nima bo'ldi?
Hijriy 25-yilda musulmonlarning soni ko'paygach, Qur'on o'qishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Orada katta fitna chiqish xavfi tug'ildi. Bu xavfni birinchi bo'lib qaysi sahobiy anglab yetib, Usmon roziyallohu anhuga arz qiladi?
Usmon roziyallohu anhu tomonidan Islom tarixidagi birinchi dengiz orqali fath yurishi Qubrus (Kipr)ga qaysi sahobiy qo'mondon qilib saylangan?
Usmon roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida butun Islom olamida katta fitna tarqalishiga sababchi bo'lgan nobakor yahudiy kim edi?
Juma namozida birinchi azonning ziyoda qilinishi qaysi xalifa darvrida joriy qilingan?
Masjidlarga «xaluq» nomli xushbo'y modda sochib turish qaysi xalifa davrida yo'lga qo'yilgan?
Muazzinlarga maosh belgilash qachondan boshlangan?
Islom tarixida masjidda imom uchun maxsus joy ajratilishi qachondan boshlangan?
«Yavmuddor» hodisasi nima?
Hazrat Usmon roziyallohu anhuga temir qilich bilan hamla qilgan badbaxt fitnachi kim edi?
Hazrat Usmon roziyallohu anhu qaysi sanada shahid bo'ldilar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimga: «Sen mendansan, men sendanman», deganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi sahoba haqida: «U kishini munofiq yaxshi ko'rmaydi. Uni mo'min yomon ko'rmaydi», degan edilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuni kim bilan birodar qildilar?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Masjidi Nabaviyga kishilarni kim bo'lishidan qat'i nazar junub holda kirishni man qildilar. U zot bu amrdan ikki kishini istisno qildilar. Biri u zotning o'zlari bo'lsa, ikkinchisi qaysi sahoba edi?
Qaysi urush bo'lib o'tgan kunni Alloh taolo «Furqon kuni», ya'ni «Haq bilan botilni ajratadigan kun», deb nomlagan?
Xaybar kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ertaga bayroqni albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko'radigan kishi oladi. Unga fath nasib bo'ladi», deydilar. Bayroq qaysi sahobaga beriladi?
Makka fathida qaysi sahoba musulmonlar bayrog'ini ko'tarib kirdilar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning nomidan sirli suhbat qilgan sahoba kim edi?
Hijriy sanani Madinaga hijrat qilingan yildan boshlab hisoblashni qaysi sahoba birinchi bo'lib taklif bergan?
Zinnuroyn deb qaysi sahobaga aytiladi?
Dengiz shahidi laqabini olgan sahoba kim
Dengiz shahidi laqabini olgan sahoba kim