!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

«Олтин силсила» 1-жуз kitobidan barcha savollar

Savol
«Hadis» so'zi qanday ma'nolarni anglatadi?
Biror kishining bevosita o'zi ko'rgan yoki eshitgan narsasini aniq naql qilib berishi nima deb ataladi?
O'tmish ma'lumotlariga dalolat qiluvchi so'z nima deb ataladi?
«Odat», «tariqat - ma'naviy yo'l» ma'nolarini anglatuvchi so'zni toping.
Hadis ilmi bilan shug'ullanuvchilar nima deb ataladi?
Hadis turlari nechta?
Hadisning qaysi turiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning turli holat va munosabatlarda aytgan gaplari kiradi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Qayerda bo'lsang ham, Allohga taqvo qil» degan gaplari qaysi hadis turiga kiradi?
Hadislarning qaysi turida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qilgan ish-amallari tushuniladi?
Amr ibn Umar roziyallohu anhu aytadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning maxsilariga mas'h tortayotganlarini ko'rdim». Ushbu hadis qaysi hadis turiga mansub?
Biror narsaga iqror bo'lish, uning to'g'riligini tasdiqlash, ma'qullash nima deb ataladi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak tanalari tuzilishidagi sifatlar qaysi hadislar turiga kiradi?
«Shamoili Muhammadiya» asarining muallifi kim?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari haqida so'rashganda: «U zotning xulqlari Qur'on edi», deb kim aytgan edi?
«Islom dinida hadislarga ergashish … hisoblanadi». Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
«Rasul sizga nimani bersa, olinglar va nimadan qaytarsa, qaytinglar». Ushbu oyat qaysi surada kelgan?
«Mening Banu ibn Zaydlik (u yer Madinaning chekka mahallalaridan biri) ansoriylardan bir qo'shnim bor edi. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga tushishga navbatlashar edik. Bir kun u tushsa, bir kun men tushar edim. Men tushganimda o'sha kungi vahiy va boshqa xabarlarni olib kelardim. U ham tushganida shunday qilardi». Ushbu hadisni qaysi sahoba rivoyat qilgan?
Kim bir dona hadisni aniqlash uchun Madinadan Misrga safar qilgan?
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu Abdulloh ibn Unays roziyallohu anhudan birgina hadisni so'rash uchun qayerga safar qildilar?
To'qima hadislarning paydo bo'lishi qaysi xalifa davriga to'gri keldi?
Kimning sahifalar to'plamlari «Sodiqa» - «Rostgo'y» deb atalgan?
Kim, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini mendan ko'ra yaxshiroq biladigan birorta ham kishi yo'q, Abdulloh ibn Amr bundan mustasno. Chunki u yozar edi, men esa yozmas edim» - degan edi?
Qaysi xalifa hadislarni yozishga va jamlashga rasmiy ravishda buyruq berdi?
Kim birinchi bo'lib «Musnad» to'plami yozgan ?
Hadislarni fiqhiy boblarga ajratish asosida yozish natijasida qay uslubdagi kitoblar yuzaga keldi?
Ayrim muhaddislar o'zidan oldingi boshqa bir muhaddisning kitobini olib, uning hadislarini o'zi topgan boshqa roviylar yo'li bilan tuzib chiqib, qanday hadis kitobini yozdilar?
«Riyozus-solihiyn» kimning asari hisoblanadi?
Dunyo bo'yicha eng mo'tabar hadis kitoblari 6 ta bo'lib, shundan 5 tasiga hamma yakdil ittifoq qilgan. Bular kimlarning kitoblari?
Hadis ilmida turg'unlik hamda tanazzul davri nechinchi asrlarga to'gri keladi?
Hadis ilmida turg'unlik va tanazzul davrida, Alloh taoloning irodasi bilan hadis ilmi qaysi diyorda qayta rivojlandi?
Imom Buxoriy rahimahulloh necha yoshlarida haj safariga bordilar?
Imom Buxoriy rahimahulloh «Al-Jome as-sahih» asarini necha yil mobaynida yozib tugatganlar?
Imom Buxoriy rahimahulloh quyidagi muhaddislarning qaysi biriga ustozlik qilganlar?
«Kitobimga sahihlarini, unga o'xshashlarini va unga yaqin hadislarni kiritdim. Bu kitobimda ulamolar tark etishga ijmo qilgan hech bir hadisni zikr qilmadim. Kuchli zaiflik bo'lgan biron hadis bo'lsa, uni bayon qildim», deya ta'kidlagan muhaddis kim edi?
«Mo'g'ul istilochilarining ilk mag'lubiyati masjid va madrasalarda qilingan ... xatmlaridan so'ng boshlangan». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Imom Buxoriy o'zining «At-Tarix al-Kabir» kitobida: «U Hammod ibn Zaydni ko'rganlar va Ibn Muborak bilan ikki qo'llab ko'rishgan edilar», deya kimga ta'rif berganlar?
Ulamolar Imom Buxoriyning ustozlarini nechi qismga taqsimlashadi?
Imom Buxoriy rahimahulloh necha yil umr ko'rganlar?
Imom Buxoriy rahimahulloh: «O'zimni hech kimning oldida ... huzuridagichalik kichik his qilmaganman». Ushbu ta'riflar kimga tegishli?
Sahihul Buxoriydagi hadislar soni Muhammad Fuod Abdulboqiy raqamlab chiqqan va «Salafiya tab'asi» nomini olgan nusxasiga ko'ra nechta?
Roviylar silsilasi nima deyiladi?
«Sulosiyot» so'zining ma'nosi nima?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun vahiyning qaysi turi eng og'iri bo'lgan?
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiyi edilar. U zotning eng saxiyliklari ... oyida, Jabroil alayhissalom u zot bilan uchrashganda bo'lar edi. Jabroil ... oyining har tunida u zot bilan uchrashib, Qur'ondan dars qilishardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda mayin shamoldan ham saxiy bo'lib ketar edilar». Hadisda qaysi oy keltirilgan?
Ibn Umar roziyallohu anhu: «Banda o'z qalbiga ta'sir qilayotgan ...ni tark etmaguncha, taqvoning haqiqatiga yeta olmaydi», dedi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Ayrim muhaddislar o'zidan oldingi boshqa bir muhaddisning kitobini olib, uning hadislarini o'zi topgan boshqa roviylar yo'li bilan tuzib chiqib, qanday hadis kitobini yozdilar?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassalam qaysi shaharda tavallud topganlar?