Savol |
Oisha roziyallohu anho onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari qanday edi deb so'ralganda qanday javob berganlar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimlarni qiyomat kuni guvoh ham, shafoatchi ham bo'la olmaydi deganlar? |
Umar raziyallohu anhu birovni behuda maqtash nima bilan barobar deganlar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ...ga rahm qilmasa va ...ni ulug'lamasa bizdan emas», dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga savol berganlarida qaysi sahoba javobini topadiyu, lekin o'zidan kattalar javob bermaganiga andisha qilib indamay o'tirgandilar? |
Qays Ibn Osim roziyallohu anhu qaysi ishni zinhor qilmanglar? Bu odamning (chorasiz qolganda) oxirgi qiladigan ishidir deb aytganlar. |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yangi pishgan hurmo olib kelishsa, eng avval oldilarida turgan bolalardan qaysi biriga uzatar edilar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Alloh azza va jalla unga raxm qilmaydi, deb kimlarni yoki kimni nazarda tutganlar? |
Bilib turib gunoh ishlarni qilishda bardavom bo'lish qanday amal? |
Banda birovlarning aybini kechirishi bilan nimaga erishadi? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaysi illatni, fisqu fujurga, fujur esa do'zaxga boshlaydi, deb aytganlar? |
Ona o'z bolasiga «Kel, bir narsa beraman», deb chaqirsayu, lekin hech narsa bermasa nima bo'ladi? |
Hadisga ko'ra qaysi amal nafl namoz, nafl ro'za va nafl sadaqadan ko'ra darajasi yuqoriroqdir? |
Musulmon kishiga birodari bilan necha kundan ortiq arazlashib yurish halol emas? |
Hadisga ko'ra qaysi amal birodarining qonini to'kkan bilan barobardir? |
Hadisga ko'ra shirin so'z, birodarga yordam berish, odamlarga bir xo'plam suv tutish, yo'ldagi ozor beruvchi narsani olib tashlash kabi amallar qanday ta'riflangan? |
Hadisga ko'ra, inson qattiq g'azablanganda unga yordam beruvchi qaysi kalimani aytish kerak? |
Nasihat so'zi qanday ma'nolarni anglatadi? |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida, qaysi ish bo'lmaguncha qiyomat qoim bo'lmaydi, deganlar? |
«Binolarningizni baland qilmanglar, bu sizlarning eng yomon kunlaringizdan bo'ladi», deb qaysi sahoba aytgan edi? |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir inson nimadan mahrum bo'lsa, yaxshilikdan mahrum bo'libdi deganlar? |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi amalni, u qay bir narsada bo'lsa ham unga ziynat bo'ladi, qay bir narsadan sug'urib olingan bo'lsa, uni aybli qiladi, deganlar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uch duo mustajobdir: mazlumning duosi, musofirning duosi va …». Uchinchi duosi mustajob inson kim edi? |
Hadisga ko'ra nima bandaning avval qilgan gunohlarining yuvilishiga sabab bo'ladi? |
Banda bemor bo'lganida undan farz amallar soqit bo'ladimi? |
Hadisga ko'ra, musulmonga tikon kirsa-yu, ajr umidida sabr qilsa, u inson uchun qanday yaxshilik bor? |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir sahobaning isitmasi chiqib, «Alloh uni xor qilsin!» deya kasalidan shikoyat qilganini eshitgalarida qanday javob berganlar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaysi ammalni ayta turib, «U sizga oxiratni eslatadi», deganlar? |
Bemorni ko'rgani borish, janozaga hozir bo'lish, aksa urgan kishiga, agar u Allohga hamd aytsa, sog'lik tilash qayday amallar? |
«Kovushlarini yamar edilar. Bir erkak o'z uyida nima qilsa, shuni qilardilar». Ushbu ta'riflar kim haqida aytilgan edi? |
«Bir kishi Allohning yo'lidagi birodarini Alloh uchun yaxshi ko'rsa va unga, «Men seni Alloh uchun yaxshi ko'raman» desa …». Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
Hadisi sharifda, bir kalima borki, yetti osmon va yetti yer bir pallaga, o'sha kalima bir pallaga qo'yilsa shu kalima og'ir keladi deyilgan. U qaysi kalima edi? |
Saodat asrida Madinaga ko'chib kelgan muhojirlarga uylarining, mollarining yarmini bergan sahovatpesha insonlar kimlar edi? |
«Avvalari qornimiz xurmo va suv bilan ham to'yardi. Endi bizni arpa unidan yopilgan nondan to'yadigan qilib qo'ygan Allohga hamd bo'lsin!» deb qaysi sahoba aytgan edi? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimga: «Sening Alloh yaxshi ko'radigan ikkita xulqing bor...», deb aytganlar va ular qaysi xulqlar edi? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaysi amalni ayta turib, «Shunday qilsangiz, o'rtalaringizda muhabbat paydo bo'ladi», deganlar? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Iymon oltmish nechta yoki yetmish nechta sho'badan iboratdir. Ularning eng afzali «La ilaaha illalloh»dir. Eng kichigi esa …». Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Undan Allohning farishtalar hayo qiladi, nima uchun men hayo qilmayin?!» deb qaysi sahobani nazarda tutganlar? |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga tavba qilinglar. Men har kuni U zotga … marta istig'for aytaman», dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring? |
Hadisda, «Subahanallohi, valhamdulillahi va laa ilaaha illalloh»ning fazilati qanday ta'riflangan? |
Hadisda uxlashdan oldin 33 marta tahlilni (Laa ilaaha illalloh), 33 marta tasbehni (Subahanalloh) va 33 marta hamdni (Alhamdullilah) aytish qanday ta'riflangan? |
Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, duoning qaysinisi afzal? - deya so'ralganda, u zot qanday javob beradilar? |
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salavot ayting va salom yuboring», Ushbu oyat qaysi surada marhamat qilingan? |
Hadisga ko'ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir marta salavot aytganga Alloh subhanahu va taolo necha marta salavot aytadi? |
|