!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Кифоя 2-жуз kitobidan barcha savollar

Savol
Oisha roziyallohu anho onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari qanday edi deb so'ralganda qanday javob berganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimlarni qiyomat kuni guvoh ham, shafoatchi ham bo'la olmaydi deganlar?
Umar raziyallohu anhu birovni behuda maqtash nima bilan barobar deganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ...ga rahm qilmasa va ...ni ulug'lamasa bizdan emas», dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga savol berganlarida qaysi sahoba javobini topadiyu, lekin o'zidan kattalar javob bermaganiga andisha qilib indamay o'tirgandilar?
Qays Ibn Osim roziyallohu anhu qaysi ishni zinhor qilmanglar? Bu odamning (chorasiz qolganda) oxirgi qiladigan ishidir deb aytganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yangi pishgan hurmo olib kelishsa, eng avval oldilarida turgan bolalardan qaysi biriga uzatar edilar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Alloh azza va jalla unga raxm qilmaydi, deb kimlarni yoki kimni nazarda tutganlar?
Bilib turib gunoh ishlarni qilishda bardavom bo'lish qanday amal?
Banda birovlarning aybini kechirishi bilan nimaga erishadi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaysi illatni, fisqu fujurga, fujur esa do'zaxga boshlaydi, deb aytganlar?
Ona o'z bolasiga «Kel, bir narsa beraman», deb chaqirsayu, lekin hech narsa bermasa nima bo'ladi?
Hadisga ko'ra qaysi amal nafl namoz, nafl ro'za va nafl sadaqadan ko'ra darajasi yuqoriroqdir?
Musulmon kishiga birodari bilan necha kundan ortiq arazlashib yurish halol emas?
Hadisga ko'ra qaysi amal birodarining qonini to'kkan bilan barobardir?
Hadisga ko'ra shirin so'z, birodarga yordam berish, odamlarga bir xo'plam suv tutish, yo'ldagi ozor beruvchi narsani olib tashlash kabi amallar qanday ta'riflangan?
Hadisga ko'ra, inson qattiq g'azablanganda unga yordam beruvchi qaysi kalimani aytish kerak?
Nasihat so'zi qanday ma'nolarni anglatadi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida, qaysi ish bo'lmaguncha qiyomat qoim bo'lmaydi, deganlar?
«Binolarningizni baland qilmanglar, bu sizlarning eng yomon kunlaringizdan bo'ladi», deb qaysi sahoba aytgan edi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir inson nimadan mahrum bo'lsa, yaxshilikdan mahrum bo'libdi deganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi amalni, u qay bir narsada bo'lsa ham unga ziynat bo'ladi, qay bir narsadan sug'urib olingan bo'lsa, uni aybli qiladi, deganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uch duo mustajobdir: mazlumning duosi, musofirning duosi va …». Uchinchi duosi mustajob inson kim edi?
Hadisga ko'ra nima bandaning avval qilgan gunohlarining yuvilishiga sabab bo'ladi?
Banda bemor bo'lganida undan farz amallar soqit bo'ladimi?
Hadisga ko'ra, musulmonga tikon kirsa-yu, ajr umidida sabr qilsa, u inson uchun qanday yaxshilik bor?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir sahobaning isitmasi chiqib, «Alloh uni xor qilsin!» deya kasalidan shikoyat qilganini eshitgalarida qanday javob berganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaysi ammalni ayta turib, «U sizga oxiratni eslatadi», deganlar?
Bemorni ko'rgani borish, janozaga hozir bo'lish, aksa urgan kishiga, agar u Allohga hamd aytsa, sog'lik tilash qayday amallar?
«Kovushlarini yamar edilar. Bir erkak o'z uyida nima qilsa, shuni qilardilar». Ushbu ta'riflar kim haqida aytilgan edi?
«Bir kishi Allohning yo'lidagi birodarini Alloh uchun yaxshi ko'rsa va unga, «Men seni Alloh uchun yaxshi ko'raman» desa …». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Hadisi sharifda, bir kalima borki, yetti osmon va yetti yer bir pallaga, o'sha kalima bir pallaga qo'yilsa shu kalima og'ir keladi deyilgan. U qaysi kalima edi?
Saodat asrida Madinaga ko'chib kelgan muhojirlarga uylarining, mollarining yarmini bergan sahovatpesha insonlar kimlar edi?
«Avvalari qornimiz xurmo va suv bilan ham to'yardi. Endi bizni arpa unidan yopilgan nondan to'yadigan qilib qo'ygan Allohga hamd bo'lsin!» deb qaysi sahoba aytgan edi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimga: «Sening Alloh yaxshi ko'radigan ikkita xulqing bor...», deb aytganlar va ular qaysi xulqlar edi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaysi amalni ayta turib, «Shunday qilsangiz, o'rtalaringizda muhabbat paydo bo'ladi», deganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Iymon oltmish nechta yoki yetmish nechta sho'badan iboratdir. Ularning eng afzali «La ilaaha illalloh»dir. Eng kichigi esa …». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Undan Allohning farishtalar hayo qiladi, nima uchun men hayo qilmayin?!» deb qaysi sahobani nazarda tutganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga tavba qilinglar. Men har kuni U zotga … marta istig'for aytaman», dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring?
Hadisda, «Subahanallohi, valhamdulillahi va laa ilaaha illalloh»ning fazilati qanday ta'riflangan?
Hadisda uxlashdan oldin 33 marta tahlilni (Laa ilaaha illalloh), 33 marta tasbehni (Subahanalloh) va 33 marta hamdni (Alhamdullilah) aytish qanday ta'riflangan?
Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, duoning qaysinisi afzal? - deya so'ralganda, u zot qanday javob beradilar?
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salavot ayting va salom yuboring», Ushbu oyat qaysi surada marhamat qilingan?
Hadisga ko'ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir marta salavot aytganga Alloh subhanahu va taolo necha marta salavot aytadi?
Rasululloh qaysi illatni fisqu fujurga fujur esa jahannamga boshlaydi deganlar