!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Кифоя 1-жуз kitobidan barcha savollar

Savol
… so'zi lug'atda daqiq fahmni, ya'ni biror narsani nozik joylarigacha tushunishni anglatadi.
«Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa uni dinda faqih qilib qo'yadi» ushbu hadisi sharif qaysi sahobiydan rivoyat qilingan?
Fiqh manbalari necha turdan iborat?
Fiqh manbalari keltirilgan qatorni belgilang
... bir davrning ijtihod ahli bo'lgan ulamolarining biror masalani bir ovozdan qabul qilishlaridir.
Fiqhiy mazhablar nechta?
Turkiya, Pokiston va Hindiston davlatlari qaysi mazhabga e'tiqod qiladilar?
Misr, Suriya va Tayland davlatlari qaysi mazhabga e'tiqod qiladilar?
Jazoir, Tunis va Nigeriya davlatlari qaysi mazhabga e'tiqod qiladilar?
Arabiston yarim oroli qaysi mazhabga e'tiqod qiladilar?
Qaysi surada tahorat qilganda yuzni yuvish haqidagi amr kelgan?
Imom Molik rahimahulloh yashagan davrni aniqlang
Imom Shofe'iy rahimahulloh yashagan davrlarni aniqlang
«Siyohdon ko'targan har bir kishining zimmasida Shofe'iyning haqqi bor». Ushbu e'tirof kimga tegishli?
«Tobaqotush Shofe'iyya» kitobining muallifi kim?
Imom Shofe'iy va'z nasihatlaridan yig'lab, u kishiga ellik ming tanga berib, otga mindirgan inson kim?
«Ar Risola» va «Al Umm» asarlarining muallifi kim?
Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh yashagan yillarni aniqlang
«Ixtiloful ulamo» asarining mullifi kim?
Imom Abu Hanifa rahimahulloh yashgan davr va tug'ilgan joyni aniqlang.
Imom Abu Hanifaning ustozlari kim?
«Kitobul osor», «Kitobul xaroj» asarlarining muallifi kim?
«Kitobul asl», «Kitobul ziyodot» asarlarining muallifi kim?
Imom Shofe'iy bunday deganlar: «Odamlar fiqhda .... ning boqimandalaridir». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Hanafiy faqihlar tabaqalari nechta?
Hanafiy kitoblar martabalari necha daraja?
Shariat jazm ila, shubhasiz va qat'iy dalil bilan talab qilgan ish nima?
Shariat jazm ila, ammo qat'iy bo'lmagan dalil bilan talab qilgan amal nima?
Shariat jazm etmasdan talab qilgan amal nima?
Sunnat amal necha turga bo'linadi?
Sunnat amal turlari qaysilar?
Shariat tark qilishni shubhasiz, qat'iy dalilga suyanib, jazm ila talab qilgan narsa nima?
Shariat tomonidan mukallaf kishiga qilish yoki qilmaslik ixtiyori teng berilgan narsa nima?
Qilinishi lozim bo'lgan narsani belgilangan vaqtda bajarilishi nima deyiladi?
Qilinishi lozim bo'lgan narsani belgilangan vaqtdan keyin bajarilishi nima deyiladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub «Kifoya» asari qaysi asarga sharh hisoblanadi?
«Kitob» so'zining ma'nosi nima?
«Tahorat» so'zining ma'nosi nima?
Bizning tilimizda tahorat deb o'rganib qolingan amal arab tilida nima deb ataladi?
Tahoratning farzi nechta?
Tahoratning farzlari qaysilar?
Tahoratning farzlari qaysi surada bayon etilgan?
Tasmiya aytish degani nima?
Bilak bilan kaft qo'shiladigan bo'g'indagi bir oz turtib chiqib turadigan suyak qanday nomalanadi?
«Kim tahorat qilib, bo'yniga ikki qo'li ila mas'h tortsa, qiyomat kuni g'uldan saqlanadi» degan hadisi sharifda g'ul nima ma'noni anglatadi?
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam barcha ishlarida iloji boricha o'ngdan boshlashni yaxshi ko'rar edilar», deb kim rivoyat etgan?
«... so'zi lug'atda biror narsaning ustidan suv oqizishni anglatadi». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
G'uslning farzlari nechta?
G'uslning farzlari qaysilar?
Nabiy sollallohu alayhi vassalam: «Albatta, har bir tuk tolasi ostida junublik bor. Bas, sochni yuving va badanni poklang», degan hadisi shariflari kimdan rivoyat qilingan?
«Junub» so'zining ma'nosi nima?
«Tayammum» so'zining ma'nosi nima?
Hayz ko'rgan ayol (qiz) ro'za tutsa bo'ladimi?
Hayz ko'rgan ayol (qiz) hayz ko'rgan vaqtidagi qoldirgan namozlari qazosini o'qiydimi?
Hayz ko'rgan ayol (qiz) hayz ko'rgan vaqtidagi qoldirgan ro'zalari qazosini tutadimi?
Hayz ko'rgan ayoldan (xotinidan) chetda bo'lish va poklangunicha yaqinlik qilmaslik qaysi surada kelgan?
Hayz ko'rgan ayol (qiz) Mus'hafi sharifni ushlasa bo'ladimi?
Najas (iflos narsa) necha turga bo'lnadi?
«Istinjo» so'zining ma'nosi nima?
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon haloga kirsalar, uzuklarini yechib qo'yar edilar». Ushbu hadisi sharif kimdan rivoyat qilingan?
«Namoz» arab tilida nima deyiladi?
«Salot» (namoz) so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
«... bandaning Alloh ila bog'lanish vositasidir». Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ikki mart imomlik qilgan farishta qaysi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Juma kuni imom xutba qilayotganida sherigingga «jim tur» desang lag'v qilibsan», dedilar. Ushbu hadisda lag'v so'zi nima ma'noni anglatadi?
Hanafiy mazhabi bo'yicha qaysi vaqtlarda namoz o'qish harom hisoblangan?
Azonning zikri Qur'oni karimning qaysi surasida kelgan?
Ikki iyd, Kusuf, Xusuf, Taroveh namozlariga azon aytiladimi?
«Tarjiy» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Azon bilan iqoma orasida iqoma aytish vaqti yaqinlashganini bildirib qo'yish nima deb yuritiladi?
Namoz uchun magnit tasmasi orqali azon qo'yish joizmi?
«Avrat» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
«Niyat» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Namozni boshlashda aytiladigan takbir nomi nima?
«Qiyom» so'zining ma'nosi nima?
«Ruku'» so'zining ma'nosi nima?
«Sajda» so'zining ma'nosi nima?
«Qunut» so'zining ma'nosi nima?
«Izdihom» so'zining ma'nosi nima?
«Ishorai sabboba» so'zining ma'nosi nima?
Namozda tashahhuddan keyin salavot aytish qanday amal?
Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatga ko'ra, Nabiy sollallohu alayhi vasallam juma namozida qaysi suralarni o'qir edilar?
No'mon ibn Bashir roziyallohu anhudan qilingan rivoyatga ko'ra, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki iyd namozlarida qaysi suralarni o'qir edilar?
Abu Barza roziyallohu anhudan qilingan rivoyatga ko'ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bomdod namozida qancha oyat qiroat qilar edilar?
Mufassal suralar necha turga bo'linadi?
Mufassal suralar qanday turlarga bo'linadi?
Tivoli mufassal suralarga qaysilar kiradi?
Avsati mufassal suralarga qaysilar kiradi?
Qisori mufassal suralarga qaysilar kiradi?
Bir namozga alohida surani tayin qilsa bo'ladimi?
Qur'on tilovat qilinganda, unga quloq solib jim turish Qur'oni karimning qaysi surasida bayon etilgan?
Jamoat bilan namoz o'qish qanday amal?
Kifoya kitobida kelishicha imomlikning to'g'ri bo'lishi shartlari nechta?
A'robiy qanday odam?
A'mo qanday odam?
Erkak kishi ayol kishiga namozda iqtido qilsa bo'ladimi?
Uzrsiz tomoq qirish namozni buzadimi?
A'zolarning sokin va qalbning Alloh bilan bo'lishi nima deyiladi?
Namozda bo'lsa ham o'ldirilishi buyurilgan jonzotlar qaysi?
Namozxon oldidan biror narsa o'tmasligi uchun qo'yilgan to'siq nima?
Vitr namozida qunut duosini o'qimay rukuga ketgan odam nima qiladi?
Mu'avvizatayni nima?
«Nafl» so'zining ma'nosi nima?
Tahiyati masjid namozi nima?
Zuho namozi qanday namoz?
Tahorat qilgandan keyin o'qiladigan namoz nomi nima?
Musulmon kishi xayrli ishni tanlash uchun qanday namoz o'qiydi?
«Taroveh» so'zining ma'nosi nima?
Hayz yoki nifos ko'rgan ayol namozlarining qazosini o'qiydimi?
«Sahv» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Hanafiy mazhabiga ko'ra tilovat sajdasi oyatlari nechta?
Bir farsax necha metrga teng?
Bir «Barid» masofa birligi necha farsaxga teng?
Qancha masofa bosib o'tgan odam safar qilgan hisoblanadi va musofir bo'ladi?
Namozni qasr qilib o'qishda gunoh yo'qligi Qur'oni karimning qaysi surasida kelgan?
Juma namozining hukmi qanday?
Nabiy sollalohu alayhi vasallam: «Kim pisand qilmay uch jumani tark etsa, Alloh …», dedilar. Hadisni to'ldiring
Kifoya kitobiga ko'ra, juma farz bo'lishining shartlari nechta?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga juma xutbasi uchun minbar yasattirib bergan sahobiya kim?
Hadisda kelishicha, juma kuni qaysi sura qiroat qilinadi?
Hadisda kelishicha, imom juma namozining birinchi va ikkinchi rakatlarida qaysi suralarni zam qiladi?
Hadisda kelishicha, birov masjidda mudrasa…?
Jumaga borgan odam odamlarni oralab oldinga o'tishi …?
Jumada birovni turg'izib, o'rniga o'tirish…?
«Iyd» so'zining ma'nosi nima?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim fitr kechasini va Qurbonlik kechasini (savob umidida) bedor o'tkazsa…» deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Iyd namoziga piyoda chiqish … hisoblanadi
Iyd kunlarida farz namozlaridan keyin… aytiladi
«Janoza» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Tobutga solingan o'lik nima deyiladi?
Hanafiy mazhabiga ko'ra, mayyitni yuvib bo'lmaguncha uning oldida Qur'on o'qisa bo'ladimi?
Mayyitning o'z yaqinlari, qarindoshlari va birodarlarida nechta haqqi bor?
Mayyitning o'z yaqinlari, qarindoshlari va birodarlarida qanday haqlari bor?
Mayyitni yuvuvchi g'assolda qanday shartlar bo'lishi kerak?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir mayyitni yuvsa-yu, uni satr qilsa…», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Musulmon mayyitga janoza namozi o'qish qanday amal?
Janoza o'qilmaydigan toifalar qaysilar?
Imomning itoatidan chiqib, unga qarshi urushda o'lganlar kimlar?
Musulmonlarning yo'lini to'sib, kuch ila molini tortib olishni qasd qilganlar kimlar?
O'z qavmi va qabilasiga tarafkashlik qilib, ko'plashib boshqalarga zulm qiladiganlar kimlar?
Ota-onasidan birini o'ldirgan shaxsning janozasi o'qiladimi?
O'lik tug'ilgan bolaga janoza o'qiladimi?
Yuvilmagan yoki tayammum qilinmagan mayyitga janoza o'qiladimi?
Qabrga mayyitni qo'yuvchi qanday duo aytib turishi joiz?
Tobutni to'rt tarafidan ko'tarish … hisoblanadi
Janozani tezlatish, janozaga ergashish … hisoblanadi
Janoza namozi va dafnni ortga surish ... hisoblanadi
Mayyitni dafn qilish ... hisoblanadi
Dafndan keyin mayyitni ko'chirish ........
«Sharhis-Suduri bi sharhi holil mavta val quburi» nomli kitob kimning qalamiga mansub?
Dafndan keyin qaysi surani o'qish odat tusiga kirgan?
«Shahid» so'zining ma'nosi nima?
Shahidlar necha turga bo'linadi va qaysilar?
Musulmonlarning dushman hujumidan xavfda turganlaridagi o'qiladigan namoz nima deyiladi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan Ka'baning ichiga namoz o'qish uchun birga kirgan sahobiylar kimlar?
Janozani tezlatish janozaga ergashish qandey amal
Janozani tezlatish qande amal
Taxorat olgandan keyin o’qiladgon namoz nomi
Janozani tezlatish janozaga ergashish qandey amal
Janozani tezlatish janozaga ergashish qandey amal
Janozani tezlatish janozaga ergashish qandey amal
Janozani tezlatish janozaga ergashish qandey amal
Janozani tezlatish janozaga ergashish qandey amal