!!! Bir hil test ikki marotaba kirib qolmasligi uchun iltimos barcha savollarni diqqat bilan o'qib chiqing va keyin test qo'shing.

Ёлғон kitobidan barcha savollar

Savol
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Munofiqning belgisi uchtadir", deganlar. Ulardan biri va'da bersa, bajarmaslik bo'lsa, ikkinchisi omonoat topshirilsa, unga xiyonat qilish edi. Uchinchi yomon xislat nima edi?
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yolg'on bandani nimadan chetlatishini aytganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim yolg'on gapirishni qo'ymasa, uning … va … tark qilishiga Allohning ehtiyoji yo'q", deganlar. Nuqtalar o'rnidagi ikki narsa nima edi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo'lish va yolg'on so'zlashni uch marta takrorlab, ularni qanday gunohlar deb aytganlar?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchta gunoh ishni aytib, yolg'on ulardan ham kattaroq gunoh ekanini aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sanagan uchta gunoh ish qaysilar edi?
"Kazzob" so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi?
Eshitgan narsasini gapiraveradigan odamni kim deb atash mumkin?
Hadisda keltirilishicha, bir ishni qilgan odam ashaddiy yolg'onchi deyilishiga sabab bo'lar ekan. U qaysi ish?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uchun yolg'ondan ham ko'ra yomonroq xulq yo'q edi. U zot biror kishining yolg'onchi ekanini bilib qolsalar nima qilar edilar?
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: "Ota-onaga yaxshilik qilish umrni ziyoda qiladi. Yolg'on … kamaytiradi. Duo qazoni qaytaradi", deganlar. Hadisda yolg'on nimani kamayishiga sabab bo'lishi aytilgan edi?
Hadisda keltirilishicha, yolg'on gapirgan odamdan … qochadi. Bo'sh qolgan nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yolg'onni tark qilgan bandaga qanday bashorat berganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam xiyonatning eng kattasi deb nimani ta'riflaganlar?
Shariatda istisno tariqasida nechta holatda yolg'on gapirishga ruxsat berilgan?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam uch holatda yolg'onga ruxsat bor deb sanaganlar. Ular qaysilar?